08/11/2024

Joriy yilning 8- noyabr kuni Statistika agentligi Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Javlan Saipov, Navoiy viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boʻlim boshligʻi Murodjon Baxromovlar Karmana, Qiziltepa va Xatirchi tumanlariga borib, hududlarda oʻtkazilayotgan 4- TJ soʻrovnomada ishtirok etdi.

Tanlanma kuzatuvni oʻtkazish davomida xonadon egalariga kuzatuvning maqsad vazifalari tushuntirildi va respondentlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.

Ma’lumot oʻrnida aytib oʻtish kerakki, 4-TJ soʻrovnoma natijalari asosida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1 kvadrat metri qiymatini hisoblashdan iborat.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech