21/08/2023

2023- yilning 21- avgust kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda barcha xodimlar ishtirokida 2023- yil 9-avgustdagi O‘RQ-862-son “Advokatura to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-1 moddasiga o‘zgartirish kiritish haqidagi huquqiy targ'ibot tadbiri o‘tkazildi.Muloqot mobynida, keyingi yillarda mamlakatimizda inson xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ximoya qilinishini taʻminlashning samarali institutlaridan biri sifatida advokaturaning oʻrni va ahamiyatini oshirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilganli toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Xususan, advokatura institutining va advokatlarning mustaqilligini taʻminlashga, sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida taraflarning tortishuv prinsipi asosida ishlarni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrildi, advokatlarning oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur qonunchilik bazasi yaratildi.

Ushbu Qonun advokatura sohasining jozibadorligini oshirishga hamda mazkur sohaga yosh kadrlarni va yuridik mutaxassislik boʻyicha ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan kadrlarni jalb etishning samarali tizimini yaratishga xizmat qiladi.

Muloqot davomida inson xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ximoya qilinishi va advokaturaning oʻrni va ahamiyatini oshirish boʻyicha zarur qonunchilik bazasi yaratilganligi ishtirokchilarga tushuntirib oʻtildi.    

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech