21/08/2023

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-avgust holatiga Navoiy viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 22 299 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 152,8 foizni tashkil etdi va shu bilan birga 90,1 foizini (20 092 tani) tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

🔻Navoiy shahri – 4 862 ta

🔻Zarafshon shahri – 1 667 ta

🔻G‘ozg‘on shahri – 394 ta

🔻Karmana tumani – 3 230 ta

🔻Konimex tumani – 1 009 ta

🔻Qiziltepa tumani – 2 983 ta

🔻Navbahor tumani – 2 331 ta

🔻Nurota tumani – 1 556 ta

🔻Tomdi tumani– 649 ta

🔻Uchquduq tumani – 929 ta

🔻Xatirchi tumani – 2 689 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech