So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-fevral oylarida 850 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga borgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbeksiton Respublikasi boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida 1,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 47,7 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,9 mln. tonna sut yetishtirilgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 10 yosh va undan katta aholining so‘nggi uch oy davomida (har qanday joyda) internetdan muntazam foydalangan ulushi 89 % ni tashkil etdi.

2024-yil yanvar-mart oylarida Navoiy viloyati bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 4 861,4 mlrd. so‘m investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami investitsiyalarning 53,7 % ini tashkil etdi, qurilish-montaj ishlari bo‘yicha 3 418,9 mlrd. so‘m (jami investitsiyalardagi ulushi 37,8 %) va boshqa xarajatlarga 773,3 mlrd. so‘m (8,5 %) o‘zlashtirildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar - mart oylarida Navoiy viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 2 354,1 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekistonda 2024-yilning 1-aprel holatiga ko’ra jami 401 278 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 120,7 tonna tvorog va tvorog mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,9 % ga oshgan.

Joriy yilning 24-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boʻlimi xodimlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha ishlab chiqarish sanoatida 13,4 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, jami investitsiyalardagi ulushi 29,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida jami 9 053,6 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 228,0 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko'ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 28 620,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,4 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 15 773,3 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 23 830,6 ming boshni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, rasmlar, filmlar, videolar yoki musiqalarni yuklab olish yoki yuborish uchun Internetdan foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 53,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi 60 yoshdan yuqori yoshdagi aholi soni 3 467,8 ming kishini, jami aholi tarkibidagi ulushi esa 9,4 % ni tashkil etgan.