So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 18 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 105,3 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 3,2 ming tonna shaftoli sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9  barobarga oshgan.

Joriy yilning 2-may kuni Statistika agentligi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J. Qambarov hamda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarov bilan birgalikda viloyatda faoliyat yuritayotgan “OʻZERAEALTERNATOR” MCHJ va “TELECOM DEVICES PRO” MCHJ korxonalariga borib, ushbu korxonaning faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

2024-yil 1-aprel holatiga G‘ozg‘on shahrining doimiy aholisi soni 9 272 kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 24 kishiga yoki 0,3 % ga ko‘paydi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida yoʻlovchi aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,1 % ni tashkil etdi, shundan eng koʻp ulush  yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri kelib,  76 % ni  tashkil qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublikamizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 447,9 ming dona qorako‘l teri olingan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib oʻtilgan (avtomobil va temir yoʻl transportlarida) tranzit yuklarning hajmi 2 754,7 ming tonnani tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YAIMi) hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. soʻmga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 73,8 trln. soʻm asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirildi.

Joriy yilning 2-may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi “Investitsiya va qurilish statistikasi” boʻlimi tomonidan hududlarda 4 TJ soʻrovnoma oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar) statistika boʻlimidan jalb qilingan intervyuyerlar ishtirokida masofaviy videoaloqa orqali seminar tashkil etildi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 1 804,8 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi va sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 6,3 %ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 19 869 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan  boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida uy xoʻjaliklari tomonidan uy-joylarni taʼmirlash boʻyicha 548,6 mlrd. soʻmlik ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 2,4 % ga oshdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 104,3 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 80,2 mln. dona shprislar, ignalar, kateterlar va shu kabi tibbiy asboblar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 barobarga oshgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 18 ming tonna baliq ovlangan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 6,2 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 96,7 % ini tashkil etdi va 6,3 % ga o‘sdi.