So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 258  ming tonna portlandsement ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 11,5 % ga oshgan.

2024-yil yanvar-mart oylarida Navoiy viloytida yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar hajmi 203,0 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 26 429,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yakka tartibdagi turar-joylar qurilishi boʻyicha 4,8 trln. soʻm ishlar bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oyiga nisbatan 21,2 % ga koʻpaydi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3 183,7 mlrd. so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 35,2 % ini tashkil etdi. 

2024-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyati boʻyicha aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 26,6 mln. soʻmni tashkil etib, oʻsish surʻati oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 6,4 %ga oshgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 10 901 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 263 tonna sariyogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,1 barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 92,8 mlrd. so‘mni yoki 2023-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 115,7 foizni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida  2023-yil yanvar-dekabr oylarida, kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 47,7 % ni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda otlar soni 272,3 ming boshni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 1 042,6 mlrd. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 76,2 % ini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakuniga koʻra Toshkent metropolitenida jami 63,8 mln. yoʻlovchi tashilgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 25,1 mln. yoʻlovchiga koʻp.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) oʻsishiga qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi tarmogʻi 0,4 f.p., sanoat tarmogʻi – 1,8 f.p., qurilish tarmogʻi – 0,4 f.p. va xizmat koʻrsatish sohasi – 3,4 f.p. ijobiy hissa qoʻshdi.

Joriy yilning 3-may kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida uzoq yillar davomida ishlagan, oʻzining aql-zakovati, boy bilim va tajribasi, mehnatsevarligi va kamtarligi, fidokorona mehnati, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan katta tajribaga ega ustozlar Kurbanbayeva Ayimgul Irzayevna va Kumisbayeva Jaksigul Nisanbayevna nafaqaga kuzatildi va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

2024-yil yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida qayta ishlash sanoatida 27,5 trln. soʻm xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilib, jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalarning 37,3 % ini tashkil etdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga chet el investitsiyasi ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 14 226 ta bo‘lib, ularning 4 576 tasi qo‘shma va  9 650 tasi xorijiy korxonalardir.

2024-yil 3-may kuni Statistika agentligi Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari J. Qambarov hamda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi A. Tashnazarovlar “SOLAR ENERGY NAVOIY” MCHJ va “KARMANA-SHARQONA INVEST” MCHJ  sanoat korxonalari rahbar va hisobchilari bilan uchrashdi.