So'nggi yangiliklar

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga koʻra, qurilish tarmogʻida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat 13 001,7 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, 1 kv.kilometrga o‘rtacha 82,3 kishi to‘g‘ri kelmoqda.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yil yanvar-mart oylarida temir yoʻl transportida bir kunda oʻrtacha 30,1 ming nafar yoʻlovchilar joʻnatilgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga jami 298 338 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

2024-yil 8-may kuni “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan tizim xodimlari, sohada uzoq yillar ishlagan, hozirda vafot etgan xodim xonadoniga borib, yaqin qarindoshlari holidan xabar olishdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-mart oyida yirik korxonalar tomonidan 2 064,4 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,4  barobarga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 4,7 mln. so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 664,6 mln.t yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibida mashina, uskuna va inventarlarga 54,5 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan boʻlib, jami investitsiyalarning 50,9 % ini tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 13 875,6 ming boshga yetdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 29,9 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, jami qurilish ishlaridagi ulushi 96,3 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 68 487,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida 2024-yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 255,4 mlrd. so‘mni yoki jami qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmining 95,8 % ini tashkil etdi. 

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 19 481,3 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga o‘sdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil yanvar-mart oylarida tirik  tugʻilganlar soni 205,7 ming nafarni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida temiryoʻl transportida 2 743,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan boʻlib, bu 2023-yilning mos davriga nisbatan 283 ming kishiga koʻpdir (2023-yilning yanvar-mart oylarida 2 460,5 ming yoʻlovchi joʻnatilgan).

2024-yil 1-aprel holatiga qurilish sohasida 51 837 ta korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2023-yilning mos davriga nisbatan 101,9 % ni tashkil etdi.