So'nggi yangiliklar

2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan akademik litseylar soni 91 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Xatirchi tumanida jami 43,8 mlrd. soʼmlik qurilish ishlari bajarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 103,5 %ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida plastmassadan qattiq quvurlar, trubkalar va shlanglar ishlab chiqarishda, jami 1 476,2 tonna plastmassadan qattiq quvurlar, trubkalar va shlanglar ishlab chiqarildi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,2 % ga ko‘paygan.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining taʻlim muassasasida internetdan foydalanayotganlar ulushi 9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln. kishini tashkil etgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida tashish va saqlash bo‘yicha xizmatlar sohasida 1 042,0 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,9 % ga yuqoridir.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida tiklanish va taraqqiyot jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan 1,6 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2024-yilning 1-mart holatiga koʻra, savdo sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 153 795 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 803,9 tonna apelsin sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7  barobarga oshgan.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining ish joyida internetdan foydalanayotganlar ulushi 14,2 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, kompyuter va periferik uskunalarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar hajmi 181 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 176 523,9 mlrd. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 37 mln kishini tashkil etgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 14,3 ming nafar Turkiya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

 2024-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida togʻ-kon sanoatida 36,3 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Navoiy viloyatida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi hajmi 653,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o’sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 54,1 %ga oshdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 6,4 % ga o‘sdi.