So'nggi yangiliklar

2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, reklama faoliyati va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasida 1 606 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 230,9 tonna anor sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Navoiy viloyatida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 135,4 mlrd. soʻmga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻsish sur’ati 114,0 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 74,7 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi kichik korxonalar bolib,  32,6 % ni  tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar (25,1 %) tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, onlayn gazetalar, jurnallar va elektron kitoblarni oʻqish yoki yuklab olish uchun internetdan foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 24,8 % ni tashkil etdi.

2023/2024-oʻquv yili boshida, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kollejlarga qabul qilingan qiz bolalarning umumiy soni 22 801 nafarni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024-yil 1- aprel holatiga, 404 676 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni 36 963,3 ming kishini tashkil etgan.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, Navoiy viloyatida axborot va aloqa bo‘yicha xizmatlar sohasida 280,9 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 17,9 % ga yuqoridir.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 397,3 tonna alyumin simlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 2,4 barobarga oshgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan jami 544,8 ming tonna (tirik vaznda) goʻsht yetishtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 26,9 % ni tashkil etib, shundan eng ko‘pi   kichik korxonalar bolib,  14,7 % ni  tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida, Navoiy viloyatida jami       1 369,1 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 111,6 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida ijara xizmatlari 1 349,9 mlrd soʻmga yetib, jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 9 053,6 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 228,0 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2024-yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 28 620,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 108,4 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, tovar yoki xizmatlar haqida ma'lumot olish uchun internetdan foydalanayotgan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 12 % ni tashkil etdi.