Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasining raisi Muxtor Umarov boshchiligidagi delegatsiya Navoiy viloyatida bo'ldi.

Delegatsiya dastlab, "Navoiy” erkin iqtisodiy zonasidagi kabel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "HPS Sustems” MChJ qo'shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Jarayonda korxona tadbirkorlari bilan suhbat o'tkazilib, ularning muammolari o'rganildi. Mazkur korxonaning eksport bilan bog’liq muammolarini hal etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shundan so'ng delegatsiya a'zolari Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov qabulida bo'lib, qabul davomida viloyat hokimi va Assambleya raisi kelgusida viloyatda eksport, logistika, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va boshqa muhim masalalar yuzasidan o'zaro muzokara olib borishdi.

Tashrif doirasida delegatsiya a'zolari Navoiy viloyatidagi eksport sohasidagi muammolar va ularning echimiga qaratilgan masalalar yuzasidan viloyatdagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida Assambleya raisi O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasining maqsad va vazifalari, tashkilotning oldida turgan muhim masalalar hamda kelgusidagi rejalar xususida batafsil to'xtalib o'tdi.

— Bizning asosiy maqsadimiz viloyatda eksport faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlarga yaqindan ko'maklashish, ularga yordamlashish, — deydi O'zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarov. — Assambleya faoliyatini yo'lga qo'yilgani joylarda biznes vakillari bilan muloqot qilib, ularning g’oyalari va yangi intilishlarini ro'yobga chiqarishga hissa qo'shish. Navoiy viloyatining boy potentsiali, xususan bu erda logistika, qulay ishbilarmonlik muhiti, xalqaro aeroport, erkin iqtisodiy zonaning mavjudligi bu borada alohida ahamiyatga ega.

Uchrashuv davomida yaqinda tayinlangan Assambleyaning Navoiy viloyatidagi rahbari Sardor G’afforov nomzodi  tadbirkorlarga tanishtirildi.

Tadbir yakunida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil etilib, unda jurnalistlarning savollariga atroflicha javoblar qaytarildi.

Bugun Karmana tumani “Jaloyir” mahalla fuarolar yig`ini hududidagi “Baxt jaloyir” tikuvchilik korxonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

“Baxt jaloyir” tikuvchilik korxonasi ishga tushirilishi natijasida 400 nafar ishsiz fuqarolar, jumladan, xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi. Endilikda ular o'z mehnatlari bilan oilalari moddiy farovonligini ta'minlash, turmush darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Tadbirda tuman hokimi F.Umarov hamda keng jamoatchilik, mahalla ahli ishtirok etdi. Tadbir munosabati bilan yozilgan bayram dasturxoniga Navro'zi olam ayyomining shoh taomlaridan sumalak, xalisa, ko'ksomsalar tortildi.

Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda o'tkaziladi. Navbatdagi qabullar manzili –Navoiy viloyati.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o'rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi joriy yilning 17-20 mart kunlari Buxoro viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi 18-20 mart kunlari Navoiy viloyatida ish olib boradi.

Joriy yilning 14- yanvar kuni “O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g`risida”gi qonun Prezident tomonidan imzolanganidan so'ng mazkur qonun bilan 11 ta qonun va 3 ta kodekslarga o'zgartirishlar kiritildi.

 

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g`risidagi kodeksga quyidagi qo'shimchalar kiritilgan:

 

- adliya organlarining bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalarini bajarmagan, shu jumladan o'z vaqtida yoki to'liq bajarmagan mansabdor shaxslarga BHMning ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinishi, xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa mansabdor shaxslarga BHMning besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solinishi;

 

- davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob'ektlari, xorijdagi davlat mulki ob'ektlari to'g`risidagi ma'lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmagan yoki ma'lumotlarning to'liqligini ta'minlamagan mansabdor shaxslarga BHMning uch baravaridan besh baravarigacha jarima solinishi, xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etigan mansabdor shaxslarga BHMning besh baravaridan o'n baravarigacha jarima solinishi;

 

- Davlat xaridlari to'g`risidagi qonunchilikni buzgan mansabdor shaxslarga BHMning besh baravaridan o'ttiz baravarigacha jarima solinishi mumkinligi belgilab qo'yildi.

 

Qonun bilan “Mahalliy davlat hokimiyati to'g`risida”gi qonunga kiritilgan o'zgartirishga ko'ra, Mahalliy Kengashlarning noqonuniy qarorlari Oliy Majlis Senati tomonidan bekor qilinadi. (ilgari Oliy Majlisi tomonidan bekor qilingan).

 

Shuningdek, qonunga ko'ra “O'simliklar karantini to'g`risida”gi qonunga ham tegishli o'zgartirish kiritildi, ya'ni fitosanitariya talablari Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan o'tkaziladi va ijobiy xulosa olinganidan keyin hisobga qo'yilishi belgilab berildi.

Ushbu qonun 2021- yil 15- yanvardan e'tiboran kuchga kirgan.

 

 

Navoiy viloyat sudi jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo'limi

Prokuratura organlari xodimlari tomonidan sayyor qabullar tashkil etish orqali aholi bilan bevosita muloqot qilish, ayniqsa, yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlab, joyida bartaraf etish yuzasidan amaliy tadbirlar o'tkazib kelinmoqda.

Jumladan, Navoiy viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov tomonidan Uchquduq tumanidagi "Yoshlar markazi"da o'tkazilgan navbatdagi qabul ham bu boradagi ishlarning amaliy davomi bo'ldi.

Dastlab yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish buyicha tumanda tashkil etilgan shtab faoliyati bilan yaqindan tanishgach, viloyat prokurori hudud yoshlari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

Tadbirda 105 nafar yoshlar ishtirok etib, ularning 15 ta murojaati va takliflari tinglanib, 5 tasi joyida hal etildi, kolgan murojaatlar yuzasidan idora va tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Murojaatlar asosan tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kredit olish, er ajratish, ish bilan ta'minlash masalalariga doir.

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash