Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси раисининг биринчи ўринбосари Д.Холмуродов Навоий вилояти Хатирчи туманида "Маҳаллабай" ишлаш тизими ҳамда кичик саноат зонасида олиб борилаётган ишлар жараёни билан танишди.

 

 

 

2021- yil yanvar - mart (qishloq xo‘jaligi va kichik tadbirkorlik subyektlaridan tashqari, ming so`mda).

O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini Navoiy viloyati hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Uchquduq tumanida 5 861,7 ming so‘mni (viloyatdagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 153,7 %), Zarafshon shahrida 5 545,1 ming so‘mni (145,4 %), Konimex tumanida 3 967,7 ming so‘mni (104,1 %), Navoiy shahrida 3 921,6 ming so‘mni (102,9 %) tashkil etgan bo‘lsa, aksincha Xatirchi tumanida 1 854,7 ming so‘mni (48,6 %), Qiziltepa tumanida 1 864,8 ming so‘mni (48,9 %), Gazg‘on shahrida 1 924,6 ming so‘mni (50,5 %), Nurota tumanida 1 954,1 ming so‘mni (51,3 %), Navbahor tumanida 1 956,5 ming so‘mni (51,3 %), Tomdi tumanida 2 323,1 ming so‘mni (69,0 %), Karmana tumanida 2 798,9 ming so‘mni (73,4 %) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.

 

Tashkiliy – huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan xususiy korxonalar soni 2021- yilning 1- mart holatiga ko‘ra 5 540 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 551 taga yoki 11,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

 Faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 4 947 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 297 taga yoki  6,1 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

 2021- yilning yanvar - fevral oylarida yangi tashkil etilgan xususiy korxonalar soni 166 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20 taga yoki 10,8 % ga kamayganligini ko‘rish mumkin.

                                                                                                                                                                                                                                                                           Axborot xizmati

2021- yilning yanvar - fevral oylarida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar shahar va tumanlar kesimida taqsimlanganda, ularning soni Navoiy (20,3 %) va Zarafshon (8,4 %) shaharlari, Xatirchi (10,4 %), Karmana (14,6 %), Qiziltepa (8,8 %), Navbahor (10,9 %), Uchquduq (8,0 %), Nurota (9,3 %), Konimex (5,4 %), Tomdi (3,9 %)  tumanlari hissasiga toʻgʻri keladi.

                                                                                                                                                        Axborot xizmati

2021- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar shahar va tumanlar kesimida taqsimlanganda ularning ulushi Navoiy (22,9%) va Zarafshon (7,1 %) shaharlari, Karmana (16,0 %), Qiziltepa (12,9 %), Xatirchi (12,5%), Navbahor (10,1 %), Nurota (7,8 %), Uchquduq (4,7 %), Konimex (3,9 %), Tomdi (2,1%) tumanlari hissalariga to‘g‘ri keladi.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash