So'nggi yangiliklar

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning umumiy soni 23 830,6 ming boshni tashkil etdi.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, rasmlar, filmlar, videolar yoki musiqalarni yuklab olish yoki yuborish uchun Internetdan foydalanadigan 10 yosh va undan katta aholi ulushi 53,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi 60 yoshdan yuqori yoshdagi aholi soni 3 467,8 ming kishini, jami aholi tarkibidagi ulushi esa 9,4 % ni tashkil etgan.