Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


Sessiyada hududlardan saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, Yoshlar parlamenti a'zolari, viloyat hokimligi xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, sektor rahbarlari hamda kun tartibidagi masalalarga aloqador korxona va tashkilot rahbarlari, siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Kun tartibiga 12 ta masala qo'yilgan bo'lib, ilk masala viloyatda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021- yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini tashkil etishga bag`ishlandi.

“Qizil hudud”ga tushgan Konimex, Tomdi tumanlari va 31 ta og`ir ahvoldagi mahallalar bo'yicha alohida nazorat o'rnatib, u yerlardagi mahallaning yo'li, ichimlik suvi va elektr ta'minoti, ayniqsa tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, Navoiy shahar 3-umumiy o'rta ta'lim maktabi negizida Fizika faniga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabini, 8 ta tuman (shahar)larida (Karmana tumanidagi 5-maktab, Nurota tumanidagi 1-maktab, Navoiy shahardagi 12-maktab, Zarafshon shahardagi 11-maktab, Navbahor tumanidagi 21-maktab, Xatirchi tumanidagi 24-maktab, Konimex tumanidagi 2-maktab, Tomdi tumanidagi 25-maktab)larda fizika fani chuqurlashtirib o'qitiladigan sinflar tashkil etilishini ta'minlash bo'yicha ham to'xtalib o'tildi.

Shuningdek, sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan 2021- yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan hududiy loyihalar haqida ham to'xtalib o'tildi.

- hududiy loyihalar doirasida 74 ta loyihaga 137,1 mln. dollarlik Xalqaro moliya institutlarining mablag`lari yo'naltirilishi rejalashtirilgan. Ushbu mablag`lar asosan Xitoy, Koreya, Germaniya, Rossiya kabi davlatlarning tijorat tashkilotlari hamda Osiyo taraqqiyot banki mablag`lari hissasiga to'g`ri kelmoqda.

Shuningdek, ushbu mablag`laring 35,2 mln. dollari qishloq xo'jaligi sohasiga, 95,6 mln. dollari sanoat sohasiga hamda 6,3 mln. dollari xizmat ko'rsatish sohasiga yo'naltiriladi.

Barcha kun tartibi yuzasidagi masalalar bo'yicha mas'ullarning hisoboti eshitildi va takliflar berildi.

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash