Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devonining Navoiy viloyatidagi faoliyat ko'rsatuvchi xodimlari tomonidan hududdagi tadbirkorlar tomonidan xorijdan import qilingan texnologik asbob-uskunalardan samarali foydalanish holati o'rganildi. Tadbirkorlik sub'ektlarining muammolarini hal etish bo'yicha chora-tadbirlar ko'rildi.

 2016-2018 yillar va 2019 yilning 7 oyida Navoiy viloyati bo'yicha 327 ta tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan 807,6 million dollarlik asbob-uskunalar import qilingan. O'rganishlar davomida ishbilarmonlarga 2 ta holatda bojxona imtiyozlarini ko'llash, 1 ta buzilgan bino-inshootlari uchun kompensatsiyani to'lab berish bilan bog’liq muammolar ijobiy hal etildi.

Xususan, Navoiy shahrida faoliyat ko'rsatayotgan “GOLDENLIFT” mas'uliyati cheklangan jamiyatiga Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan bojxona imtiyozlarini qo'llash uchun ijobiy xulosani olib berishiga amaliy yordam berilib, zamonaviy import o'rnini bosuvchi liftlarni ishlab chiqarish uskunasi tezkorlik bilan bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilib, 1 kunda tadbirkorga etkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyuldagi “Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g’risida” farmoniga asosan 2018 yilning 1 sentyabrdan tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo'jalik faoliyati bilan bog’liq bo'lmagan rejali tekshiruvlar hamda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o'tkaziladigan nazorat tartibidagi tekshiruvlar bekor qilingan.

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida o'tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o'tkazilishining qonuniyligi ustidan nazorat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil tomonidan amalga oshirilmoqda.

Endilikda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarida o'tkaziladigan har qanday nazorat tadbirlari vakolatli organni xabardor qilgan tartibga o'tkazilishi shart.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni Navoiy viloyatida faoliyat ko'rsatuvchi xodimlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishini oldini olish maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Muxtasar aytganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil devoni tadbirkorlarning qonuniy himoyachisiga aylanmoqda.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

bo'yicha vakil devonining

Navoiy viloyatidagi etakchi inspektori K.KULIEV

 http://navoi.uz/

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash