Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Navoiy viloyatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda, xususan, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishda, energetika va kimyo sanoatini rivojlantirishda Yaponiya tomonidan ko'rsatilayotgan amaliy yordamni yuqori baxolaymiz.

Jumladan, «Mitsubishi korporeyshn» va «Mitsubishi Xivi indastries LTD» konsortsiumi tomonidan Respublikamizda eng yirik loyihalardan biri bo'lgan “Navoiyazot” aktseonerlik jamiyatida ammiak va karbamid ishlab loyihasi qurilmoqda. Mazkur loyihaga JEYBIK tomonidan 577 mln. dollar kredit mablag’lari yo'naltirilmoqda.

Shuningdek, yana bir yirik loyiha hisoblangan Navoiy issiqlik elektr stantsiyasida quvvati 450 MVt bo'lgan ikkinchi bug’-gaz qurilmasini qurish ishlari davom etmoqda. Mazkur loyihaga JAYKAning 351,4 mln. dollar mablag’lari yo'natirilmoqda.

Xususan Navoiy viloyati hokimi K.B.Tursunov Yaponiya delegatsiyasini qabul qilib, muzokaralar olib bordi. Muzokara davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan Navoiy viloyatining butun hududi erkin iqtisodiy zona deb e'lon qilinib, viloyatga soliq va bojxona imtiyozlari berilganligi alohida ta'kidlandi.

Ushbu uchrashuv yaqin vaqtlar ichida o'z samarasini berib, Navoiy viloyatida xususan, Navoiy erkin iqtisodiy zonasida Yaponiya investitsiyalari, innovatsion texnologiyalari ishtirokidagi loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirildi.

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash