Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Sayyor qabulda viloyat prokurori Sh.Aminov, viloyat Xalq qabulxonasi, viloyat korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari hamda Navoiy shahar mutasaddilari ishtirok etdi.

Muloqotda nafaqat Navoiy shaxri, balki qo'shni hududlardan ham fuqarolar o'z muammolari xamda taklif va mulohazalari bilan qatnashdi. Sayyor qabul. Davlat idoralari vakillarining joylarga chiqib fuqarolar bilan samimiy muloqoti. Bu muloqotlar turli darajadagi raxbarlarning xalq ichiga kirib borishiga asosli yo'l ochmoqda.

Ayniqsa, bugun sektor rahbarlarining o'z hududida fuqarolar bilan sayyor qabullar tashkil etayotgani ayni muddao bo'lmoqda.

Viloyat xokimi bilan bo'lib o'tgan sayyor qabulda 34 nafar fuqarolar tomonidan 41 ta turli mazmundagi murojaatlar yo'llanib,  ularning 11 tasi joyida hal etildi.

 Murojaatlarning 15 tasi bo'yicha esa tegishli mas'ullar tomonidan  qonuniy tushuntirishlar berildi. Muddat talab qilganligi bois,15 ta murojaat o'rganish jarayonida.

Qayd etish kerak, murojaatlarning aksariyatini uy-joy, bandlik, bank krediti bilan bog'liq masalalar tashkil etmoqda. Mamlakatimizda aholining hayotiy extiyojlarini qondirish, turmush farovonligini ta'minlashga qaratilgan izchil islohotlar olib borilmoqda. Eng muhimi, axolining xar bir murojaati alohida diqqat-e'tiborda.

 

Viloyat xokimligi Axborot xizmati.

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash