Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining Jahon banki ekspertlari bilan masofaviy tarzda videomuloqoti bo‘lib o‘tdi.

Unda “2020–2025-yilda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” loyihasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar ko‘rib chiqildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatmasiga muvofiq, 2019-yil davomida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Jahon banki ekspertlarini jalb etgan holda, “2020–2025-yilda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” loyhasi ishlab chiqilgan. Loyihani ishlab chiqishda respublikadagi masalaga dahldor barcha vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmoni bilan tasdiqlagan, “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da joriy yilning 1-iyuniga qadar Strategiyani qabul qilish yuzasidan me'yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqish va hukumatga kiritish vazifasi belgilangan.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash