Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

2018 yilning 29 oktyabridan 2 noyabriga qadar O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (BMT YeIK) ekspertlar guruhi bilan hamkorlikda “O`zbekiston Respublikasida xalqaro statistik standartlar va ilg`or tajribalarni joriy etish holati bo`yicha Umumiy sharh” o`tkazildi.

“Umumiy sharh”da Davlat statistika sohasida O`zbekiston Respublikasida xalqaro statistik standartlar va ilg`or tajribalarni joriy etish masalalari ko`rib chiqildi.

Mazkur tadbir, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tizimi faoliyatining mavjud darajasini baholash, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash hamda kelgusidagi rejalarni belgilash orqali tizim faoliyatini yanada takomillashtirish imkonini beradi.

Axborot xizmati

2018 yil 31 oktyabr kuni soat 15:00 da Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida “Davra suhbati” bo`lib o`tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi Raisi o'rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi rahbariyati, qo'mita tarmoq boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o`qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida O`zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglarda xolis va to`g`ri baholanishini ta`minlash maqsadida, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan xalqaro tashkilotlarning 23 savolnomasi doimiy ravishda to`ldirib kelinayotgani qayd etib o`tildi. Hozirda qo`mita Yevropa iqtisodiy komissiyasi, Xalqaro valyuta jamg`armasi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa o`rnatib, statistika sohasida samarali hamkorlik ishlarini olib bormoqda.

Davra suhbati qatnashchilariga Davlat statistika qo`mitasi boshqarma boshliqlari tomonidan “Davlat statistika qo`mitasi tizimi faoliyatini tubdan takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar”, O`zbekiston respublikasi ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko`rsatkichlari (2018 yil yanvar-sentyabr yakunlari) mavzularida ma`ruzalar qilinib, batafsil tushuntirishlar berildi.

Davra suhbati so`ngida, Davlat statistika qo`mitasining mas`ul xodimlari tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan va boshqa turli savollarga atroflicha javob qaytardi.

Axborot xizmati

 

2018 yilning 25-26 oktyabr kunlari Jeneva shahrida (Shveytsariya) ekologik statistika va ko`rsatkichlar bo`yicha qo`shma Ishchi guruhning 15-sessiyasi  bo`lib o`tdi.

Mazkur sessiyada O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasidan Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi N. Dexkanova ishtirok etdi.

Sessiyada Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlarining statistika xizmatlari vakillari, Yevropa atrof-muhit agentligi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo`yicha dasturi ekspertlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Statistika bo`limi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ekologik statistikani va ko`rsatkichlarni integratsiyalash va modernizatsiya qilish maqsadida oldindan qabul qilingan yoki rejalashtirilgan turli xalqaro, mintaqaviy va milliy tashabbuslar bo`yicha Sharqiy Yevropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasini o`rganishga, shuningdek barqaror rivojlanish va “yashil iqtisod” sohasidagi masalalarini ko`rib chiqishga yo`naltirildi.

2018 yil 23-26 oktabr kunlari “Migratsiya statistikasi” mavzusida Jeneva shahrida (Shveytsariya) ishchi sessiya va seminar bo’lib o’tdi.

Mazkur ishchi sessiya va seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) va Yevrostat tomonidan tashkil etildi.

Ishchi sessiya va seminarda Davlat statistika qo’mitasining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bo`limi bosh mutaхassisi O.Sidikov ishtirok etdi.

Ishchi sessiya va seminarda BMT YIKga a’zo mamlakatlar milliy statistika idoralari vakillari, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi Statistika qo’mitasi, Yevropa Statistika idorasi (Yevrostat), Moskva Davlat universiteti, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo`limi, UNFPA, UNICEF, UNHCR, Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Xalqaro Migratsiya tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Ishchi sessiya va seminarda migratsiya statistikasi ma’lumotlarini shakllantirishda pul jo’natmalari, ma’muriy ma’lumotlar va uy xo’jaligida tanlanma kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Axborot xizmati

 

Mazkur seminar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Statistika qo‘mitasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Aholishunoslik jamg‘armasi hamda Rossiya Federatsiyasining Davlat statistika Federal xizmati tomonidan tashkil qilindi.

Seminarning asosiy maqsadi, ishtirokchilarni aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning tashkiliy, uslubiy va moliyaviy jihatlari hamda Rossiya Federatsiyasida sinov asosida o‘tkazilayotgan aholini ro‘yxatga olish tadbiri bilan bevosita tanishtirishdan iborat.

Ushbu o‘quv seminarda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Rossiya Federatsiyasi davlatlari milliy statistika idoralari rahbar va mutaxassislari va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Statistika qo‘mitasi rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan, mazkur tadbirda Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Q.Berdiqulov, Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Dusnaev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S.Bekmuratov, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Maxkamovlar ishtirok etishdi.

O‘quv seminarlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi statistika qo‘mitasida va Rossiya Federatsiyasi Davlat statistika Federal xizmatining Novgorod viloyati bo‘yicha hududiy organida o‘tkazildi.

O‘quv seminar davomida, aholini ro‘yxatga olishning normativ-huquqiy bazasi, metodologiyasi, tashkiliy masalalari, xodimlarni o‘qitish va axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish tartibi, ma’lumotlarni to‘plashni amalga oshiruvchi shaxslar mehnatiga haq to‘lash shartlari o‘rganildi.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash