Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonga hamda “O`zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarorga imzo chekildi. Sohadagi endigi o`zgarishlar uchun asos hisoblangan mazkur me`yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati nimalardan iborat? 

2018 yil 27 noyabr kuni soat 11-00da O`zbekiston Milliy matbuot markazida “Milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida islohotlarning borishini tavsiflovchi statistik axborotlarning ob`ektivligi va dolzarbliligini yanada takomillashtirish yo`nalishlari va istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Joriy yilning 20 noyabr kuni Davlat statistika qo'mitasida Jahon Banki vakillari  bilan “Ijtimoiy ta’minot tizimini mustahkamlash va pensiya islohotlarini qo’llab-quvvatlash loyihasi” bo’yicha uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda milliy pensiya tizimining moliyaviy prognozlari muhokama etildi. Uchrashuv yakunida Jahon Banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi. 

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

Аxborot xizmati

 

2018 yilning 13-15 noyabr kunlari Bangkok shahrida (Tailand) “Aholining tabiiy harakati va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish” bo’yicha mintaqaviy boshqaruv guruhining to’rtinchi kengashi bo’lib o’tdi. Mazkur kengash Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch Okeani bo’yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) tomonidan tashkil etildi.

Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to’lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi boshlig’i Z.Yuldoshev ishtirok etdi.

Shuningdek, kengashda Tailand, AQSH, Janubiy Koreya, Kamboja, Singapur, Malayziya, Mongoliya, Yangi Zenlandiya, Indoneziya, Filippin, Fiji, Timor Leste, Kook orollari, Vanuatu, Butan, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron, Armaniston, Qozog’iston hamda O’zbekiston davlatlarining fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish idoralari hamda statistika idoralari rahbar va xodimlari hamda ESCAP, UNICEF kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Kengashda Osiyo va Tinch okeani mintaqalari bo’yicha aholining tabiiy harakati va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro’yxatga olish masalalari yuzasidan 2020 yilgi vazirlar Konferensiyasiga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan ishtirokchi davlatlarning oraliq taraqqiyot ko’rsatkichlari muhokama qilindi.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash