Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Mazkur uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha Sanoat korxonalari tomonidan harid qilingan moddiy resurslar narxlari indeksini hisoblash to‘g‘risida ishonchli statitistik ma’lumotlarni shakllantirish va ular bo‘yicha indekslarni hisoblash maqsadlarida foydalaniladi.

Ushbu uslubiy nizom asosida shakllantirilgan Sanoat korxonalari tomonidan harid qilingan moddiy resurslar narxlari indeks ko‘rsatkichlari ma’lumotlaridan, ishlab chiqarish sohadagi inflyatsion jarayonlarni baholashda, shuningdek, makroiqtisodiy darajadagi turli xil hisob-kitoblar va iqtisodiy jarayonlarni prognozlash maqsadlarida foydalaniladi.

 

Axborot xizmati

Mazkur uslubiy nizom davlat statistika organlari tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tovarlar ulgurji savdo narxlari indeksi hisoblanishi to‘g‘risidadir. 

Uslubiy nizom ulgurji savdo narxlari indekslarini hisoblash uchun tasniflash tizimini va qamrovi, turli agregatlarning og‘irlik tarkibiy qismlari asosiy jihatlari va usullarini, narx darajasi uchun umumdavlat statistik kuzatuvi shakllantirishini hamda hisoblashni belgilaydi.

Ushbu uslubiy nizom asosida shakllantirilgan taqqoslama narxlardan umumiy ulgurji savdo narxlari indeksi ma’lumotlari shakllantirilib, statistika organlari tomonidan ulgurji tovar aylanmasi hajmini qayta hisoblash uchun ishlatiladi.

 

Axborot xizma

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti, Statistika kafedrasi hamkorligida

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 yanvardagi “Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5621-son, 2019 yil 1 fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan   takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5647-son, “O`zbekiston Respublikasi yoqilg`i-energetika tarmog`ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5646-son,  2018 yil 28 yanvardagi “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5643-son, 2019 yil 14 yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5630-son Farmonlari, 2019 yil 16 yanvardagi “Yog`-moy tarmog`ini yanada rivojlantirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to`g`risida”gi PQ-4118-son, 2018 yil 4 sentyabrdagi “Qishloq xo`jaligi mashinasozligi tarmog`ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3929-son qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018 yil 29 dekabrdagi “Poytaxt bank” aktsiyadorlik jamiyatini ro`yxatdan o`tkazish va unga bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun litsenziya berish to`g`risida”gi 40/4-sonli qarori ijrosini statistika ishlarini bajarish jarayonida foydalaniladigan statistik klassifikatsiyalar tizimida ularning aks ettirilishini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining 2014 yil 14 fevraldagi 11-son buyrug`i bilan tasdiqlangan takomillashtirilgan Davlat va xo`jalik boshqaruvi idoralarini belgilash tizimi idoraviy statistik ma`lumotnomasiga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

O`zgartirilgan ma`lumotnoma bilan rasmiy saytning “Statistik tasniflagichlar” bo`limi orqali tanishish mumkin.

Axborot xizmati

2019 yil 28 fevral kuni Milliy matbuot markazida “Inflyatsiya: mohiyati, sabablari va namoyon bo`lish shakllari hamda iqtisodiyotdagi o`rni” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi rahbariyati, markaziy apparat tarmoq boshqarmalari boshliqlari, Toshkent viloyat va Toshkent shahar statistika boshqarmalari xodimlari, Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi o`qituvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, Inflyatsiya - bu barcha tovar va xizmatlarga bo`lgan narxlarning ko`tarilishidir. Inflyatsiya darajasini hisoblashda asosan narxlarning o`sish dinamikasini ifodalovchi ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Inflyatsiyani hisoblashda asosiy ko`rsatkich - narx indeksi hisoblanadi.

Iste`mol narxlari indeksi (INI) – inflyatsiya darajasini ifodalaydigan asosiy ko`rsatkichlardan biri bo`lib, o`rtacha iste`molchi xarid qiladigan tovar va xizmatlarning o`zgarmas to`plami qiymatining umumiy o`zgarishini hisoblaydi, ya`ni ma`lum davr mobaynida, tovar va xizmatlar iste`moli miqdorining o`zgarmas bo`lgan holida, aholining iste`mol xarajatlari umumiy miqdorining o`zgarishini ifodalaydi. Iste`mol narxlari indeksida, mamlakatning barcha hududlari bo`yicha turli tovar va xizmatlar narxlarining harakati o`rtacha darajaga keltiriladi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, 2018 yilning yanvar-dekabr oylari davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o`rtacha 14,9 % ga qimmatlashdi. Bu esa o`z navbatida umumiy INIning o`sishiga 6,4 foiz darajasida (keyigni o`rinlarda f.d.) ta`sir etdi. Non (28,5 %), go`sht (21,7 %), sut (12,9 %) va meva-sabzavot (4,7 %) mahsulotlari narxlarining qimmatlashishi natijasida INI o`rtacha 5,5 f.d.ga oshishiga olib keldi. 

Nooziq-ovqat tovarlari narxlarining 12,5 % ga oshgani INIning 4,4 f.d.da o`sishiga olib keldi. Kiyim-kechak, poyabzal, gazlama va eshilgan iplar, qurilish mollari, dori-darmonlar, avtomobillar uchun yoqilg`i va yoqilg`i mahsulotlari, shaxsiy gigiena mahsulotlari narxlarining oshishi jami INIning 20,4 %  ga teng bo`ldi yoki inflyatsiyaning umumiy o`sishiga 3,5 f.d.da ta`sir qildi.

Shuningdek, mamlakat aholisiga xizmat ko`rsatish bo`yicha narxlar va tariflar yil davomida o`rtacha 15,8 % ga oshdi, bu esa, INIni umumiy 3,5 f.d.da o`sishiga olib keldi. Ushbu sohadagi asosiy inflyatsiya omillari aloqa xizmatlari tariflarini 11,7 % ga, sport xizmatlari 15,5 % ga, maishiy xizmatlar 12,2  % ga, uy-joy kommunal xizmatlari 25,6 % ga, yo`lovchi tashish transport xizmatlari 14,8 % ga, ta`lim xizmatlari 17,0 % ga o`sib, INIni umumiy o`sish sur`atiga 3,0 f.d.da ta`sir ko`rsatdi.

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, Narxlar statistikasi boshqarmasi tomonidan har oyning yakunida inflyatsiya darajasi, narx-navo ko`rsatkichlariga oid ma`lumotlar qo`mitaning www.stat.uz rasmiy saytida, infografika roliklari ko`rinishida “O`zbekiston 24” hamda “O`zbekiston” teleradiokanallarida shuningdek Davlat statistika qo`mitasining Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasi va Telegram messenjerida guruhi orqali foydalanuvchilar e`tiboriga havola etib kelinmoqda.

Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan muntazam ravishda mamlakatning yetakchi oliy o`quv yurtlarida o`tkazilayotgan seminarlar va davra suhbatlarida ham Inflyatsiya darajasi ko`rsatkichlariga oid ma`lumotlar e`lon qilinib, ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Yuqoridagilar qatorida, matbuot anjumani davomida mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari bo`yicha qiyosiy statistik tahlillar taqdim etildi.

Matbuot anjumanida Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

 

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash