Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


Joriy yilning 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi o‘tkazildi. Majlisda O'zbekiston Respublikasining “Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi qonuni ham ko‘rib chiqilib, senatorlar tomonidan ma'qullandi.

“Aholini ro'yxatga olish to'g'risida”gi qonunda aholini ro'yxatga olish, aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qo'yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma'lumot darajasi, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlashga oid jihatlar aks ettirilgan. 

Mazkur qonun aholi salomatligini mustahkamlash, ayollar va bolalar ahvolini yaxshilash va oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda me'yoriy-huquqiy asos bo‘ladi.

Axborot xizmati

 

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan, mamlakatimizning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)da o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi.

(2020-yil fevral oyi uchun, so‘mda)

№ Hududlar 1 porsiya palov narxi 1 kg. (7 porsiya) palov narxi

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 12 167   85 169 viloyatlar:

2. Andijon 14 000   98 000

3. Buxoro 16 000   112 000

4. Jizzax 15 000   105 000

5. Qashqadaryo 15 000   105 000

6. Navoiy 13 000   91 000

7. Namangan 11 000   77 000

8. Samarqand 16 667   116 669

9. Surxondaryo 11 800   82 600

10. Sirdaryo 14 000   98 000

Hududlar 1 porsiya palov narxi 1 kg. (7 porsiya) palov narxi

11. Toshkent 13 333   93 331

12. Farg‘ona 14 750   103 250

13. Xorazm 14 000   98 000

14. Toshkent sh.15 250   106 750

*Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan. Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati

2020-yil 24-fevral kuni Davlat statistika qo'mitasida Osiyo taraqqiyot bankining davlat boshqaruvi bo'yicha missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi" doirasida tashkil etilgan tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati va Osiyo taraqqiyot bankining davlat boshqaruvi bo'yicha missiyasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Davlat statistika qo'mitasi Raisining o'rinbosari Zohidjon Ziyayev hamda Markaziy va G'arbiy Osiyo bo'yicha savdo departamenti bosh mutaxassisi Xiraniya Muhopadxay mavzu yuzasidan so‘z yuritdi.

Tomonlar Osiyo taraqqiyot bankining texnik yordam loyihalari doirasida davlat statistika islohotlari va joriy yil uchun tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Tadbirda ishtirokchilar o'zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 24-fevral kuni Davlat statistika qo'mitasida shu yil 17–18-fevral kunlari Avstriyaning Vena shahrida tashkil etilgan "Innovatsiya, oshkoralik va raqamlashtirish orqali korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish orqali Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) mintaqasida xavfsizlik, barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta'minlash" mavzusidagi 28-iqtisodiy va ekologik forumining birinchi tayyorgarlik yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha taqdimot o'tkazildi.

Taqdimot davomida Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov forumda ko‘tarilgan masalalar haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, raqamlashtirish va transparentlikni oshirish asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalasi, "Open Data" ochiq ma'lumotlari va "Elektron hukumat"ni rivojlantirish bo‘yicha xorijda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 20-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabalari o‘rtasida “Mamlakatimizning muhim ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari hamda statistik ma'lumotlarning ochiqligi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati rahbariyati, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti o‘qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda mavzu yuzasidan batafsil ma'lumot berildi. Jumladan, 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 511,8 trln. so‘mni tashkil etgani va 2018-yil bilan taqqoslaganda 5,6 % ga o‘sgani ta'kidlandi.

Shuningdek, 2019-yil yanvar–dekabr oylarida iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari indeksi, ya'ni inflyasiya darajasi 15,2 % ni tashkil etgani, Respublika korxonalari tomonidan 331,0 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgani bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ochiq muloqotda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Ilmiy izlanish olib borayotgan talabalar tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muhim statistik ko‘rsatkichlarning muntazam ravishda e’lon qilinayotgani  alohida e’tirof etildi.

Ochiq muloqot so‘nggida OAV vakillari hamda talabalarning statistik ma’lumotlarni shakllantirishda xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladigan taklif va qo‘llanmalarning ahamiyati, iste’mol savatchasi tarkibi, statistik hisobotlarni soddalashtirish chora-tadbirlari, Estat 3.0 dasturining veb versiyasini yaratish va boshqa sohaga oid savollariga qo‘mita boshqarma boshliqlari tomonidan atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash