Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


Bahorning ilk kunlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami nafaqat yurtimizda, balki xalqaro miqyosda keng nishonlanadi. Boisi, har qanday millat va davlatning taraqqiyoti, kelajagi bevosita onalarga bog‘liq. Zero, har tomonlama sog‘lom onalardan mamlakat uchun barkamol farzandlar dunyoga keladi. Shunday ekan, ona siymosi doimo alohida ehtirom va e'tiborda bo‘lib kelgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan mo‘tabar ayollar, munis onaxonlar, dilbar opa-singillar, umuman, barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etadi.

Go‘zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo‘lsin.

Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz va mo‘tabar onaxonlar, aziz ayollar, qadrli opa-singillar!

Samimiy va chuqur hurmat ila,

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi

Joriy yilning 6-mart kuni Davlat statistika qo‘mitasida markaziy apparat yosh xodimlari uchun “International Open Data Day” doirasida “Open Data Day Tashkent – 2020” mavzusida seminar tashkil etildi.

Mazkur tadbir davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Open Data Day – Xalqaro Ochiq ma'lumotlar kuni (International Open Data Day) tashabbusining bir qismi bo‘lib, davlat organlari, biznes, notijorat tashkilotlari va jamiyat hayotining boshqa ishtirokchilari faoliyatida ochiq ma'lumotlar konsepsiyasi va axborot shaffofligini amalga oshirishga yordam beradi.

Ochiq ma'lumotlar kuni sharafiga butun dunyoda turli uchrashuvlar, ma'ruzalar va hakatonlar o‘tkaziladi. 2015-yildan boshlab Open Knowledge Foundation ochiq ma'lumotlar dunyosining boshqa nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda dunyo miqyosidagi voqealarni qo‘llab-quvvatlash uchun mini-grantlarni taklif etadi.

Mazkur tadbir doirasida Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari  “Open Data Day Tashkent – 2020” tadbiriga bag‘ishlangan taqdimot qilishdi.

Seminarda:

  • Atrof-muhit to‘g‘risida ma'lumotlar;
  • Davlat pul oqimlarini kuzatish;
  • Ochiq xaritalash;
  • Teng rivojlanish uchun ma'lumotlar;

Shuningdek, aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 4-mart kuni Qashqadaryo viloyati yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri  boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik korish, bu jarayonda foydalanish uchun zarur bo‘ladigan kartografik materiallarning tayyorlanish holatini o‘rganish kabi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza bildirildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining masʼul xodimlari, viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati, yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri  boshqarmasi mutaxassislari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tayyorlanadigan xaritalarda mavjud mahalla fuqarolar yig‘inlari va qishloq aholi punktlarining chegarasini aniq ko‘rsatish, ularning chizma rejalarini qog‘oz va elektron shaklda tayyorlash, ko‘cha nomlari, ko‘p qavatli uylar va hovlilar, turar, noturar joylar maxsus belgilar bilan ajratish kerakligi ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida viloyatda 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan komissiya aʼzolariga tegishli topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati

Joriy yilning 2–6-mart kunlari Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining bosh qarorgohida rasmiy statistika bo‘yicha BMTga a'zo mamlakatlar statistika organlari rahbarlari ishtirokidagi xalqaro forum hamda BMT statistika komissiyasining 51-sessiyasida qatnashmoqda.

BMTning statistika komissiyasi 1947-yilda tashkil etilgan va BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashining funksional organi bo'lib, Kengashga milliy tizimlarni rivojlantirish, milliy statistikaning taqqoslanishini oshirish, BMTning ixtisoslashgan idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko'rsatkichlar va metodologiyani takomillashtirishda yordam beradi.

Rasmiy statistika bo‘yicha BMTga a'zo mamlakatlar statistika organlari rahbarlari ishtirokidagi xalqaro forumi hamda BMT statistika komissiyasining 51-sessiyasida 200 ga yaqin davlatdan statistika idoralari rahbar va xodimlari hamda 30 ga yaqin xalqaro tashkilotlardan ekspertlar qatnashmoqda.

Mazkur forum ma'lumotlarni boshqarish konsepsiyasi va milliy statistika xizmatlarining faoliyatiga bag‘ishlangan.

51-sessiya davomida idoralararo hisobotlar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tadi. Unda Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar ishchi guruhi, “Barqaror rivojlanish – 2030” kun tartibini amalga oshirish uchun statistik salohiyatni muvofiqlashtirish va kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Statistika komissiyasi boshchiligidagi guruhlarning tarkibi va vazifalari ko‘rib chiqilib, rasmiy statistikaning asosiy tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha Byuroning hisoboti tinglanadi. Shuningdek, forum doirasida yuqori darajadagi hamkorlik uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Mazkur tashrif davomida Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning qator statistika idoralari rahbarlari va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan yuqori darajadagi hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur sessiya ishi davomida o‘rtoqlashiladigan statistika sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar, tavsiyalar, ilg‘or xalqaro tajribalar hamda qo‘mita Raisining uchrashuvlari va 51-sessiyada ko‘targan masalalar, umuman, rasmiy tashrif yakuniga oid ma'lumotlar bilan batafsil tanishtirib boramiz.

Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati

“Yangi O‘zbekiston” gazetasining 2020-yil 28-fevral sonida Davlat statistika qo‘mitasi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Bahodir Begalovning “Aholini ro‘yxatga olish: ishonchli ma’lumot va aniq tasavvur beradi” nomli maqolasi chop etildi.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash