Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar elga yarashar degan ezgu ibora bor.

Shu munosabat bilan Davlat statistika qo‘mitasida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda o‘tayotir. Erta tongdan ahil jamoa a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashdi.

 

Axborot xizmati

2019-yilning 8-avgust kuni Urganch shahar hokimligida barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiya a'zolari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbir aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish masalasiga bag‘ishlandi.

Seminarda, Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Q.Berdikulov so‘zga chiqib, bugungi kunda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

U  belgilangan chora-tadbirlarni bajarishda, avvalo, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish zarurligi, shundan so‘nggina amaliy ishlarni bajarishga kirishish lozimligi haqida gapirdi.

Tadbir davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

2019 yil 29 iyul - 2 avgust kunlari Davlat statistika qo'mitasida Jahon bankining iqtisodchisi Uilyam Saytz uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvlarini takomillashtirish maqsadida seminar trening o'tkazdi.

Seminar treningning asosiy maqsadi - O'zbekistonda uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvlari ma'lumotlarini takomillashtirish hamda kuzatiladigan uy xo'jaliklar sonini oshirish yo'llari muhokama qilindi.

Ushbu seminar doirasida, uy xo'jaliklarini tanlama kuzatuvlarini o'tkazish uchun  yangi so'rovnomalar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, kam ta'minlangan aholini hisoblash uslubiyati muhokamasi bo'lib o'tdi.

Taqdimotda xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda uy xo'jaliklarini tanlab olish tadqiqotlarini o'tkazish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi. O'rta Osiyodagi boshqa tadqiqotlar bilan qiyosiy tahlil o'tkazildi. Uy xo'jaliklari kuzatuvi  savolnomalari takomillashgan namunasi ko'rib chiqildi.

Axborot xizmati

2019-yil 1-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistik axborotlarni qayta ishlashda iqtisodiy-statistik va moliyaviy tahlil usullaridan foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi  Pensiya va sug‘urta ishi kafedrasi mudiri F.A.Allayarov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad  bugungi kunda statistika sohasida ekonometrik usullardan foydalanish samaradorligini yanada takomillashtirish, hamda korrelatsion va regression tahlil asosida olingan ma’lumotlar orqali ishtirokchilarga  iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish haqida tushuncha berishdir.

Seminar davomida statistik kuzatuvlar asosida olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda  ekonometrik modellardan foydalanish masalalari va bu borada yuzaga kelayotgan muammolar seminar ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi.

                                                                                  

                       Axborot xizmati

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 aprel 2019 yil “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi qarorini ta’minlash maqsadida, 2019 yil 1 avgust kuni, O'zbekiston Respublikasi Оchiq ma'lumotlar portalining ingliz tilidagi versiyasi data.gov.uz ishga tushirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy loyiha boshqaruvi agentligi huzuridagi elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni loyiha boshqaruvi markazi O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi va davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha Yagona integrator UZINFOCOM bilan birgalikda BMTTD ko'magida O'zbekiston Respublikasi Оchiq ma'lumotlar portalining ingliz tilidagi versiyasi ishga tushirildi.

 Axborot xizmati

                                                                                                                                                                                                                                                      


 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash