Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


2021- yil 22- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida ta‘kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qaroriga asosan, Davlat statistika qo‘mitasi, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portali (data.gov.uz)da o‘z vaqtida aks ettirilishi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas'ul etib belgilandi.pressichi22200221

Ochiq ma'lumotlarning ochiqlik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari, shuningdek, davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash orqali O‘zbekiston Respublikasining jahon maydonidagi imijini hamda investisiyaviy jozibadorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Davlat statistika qo‘mitasi 2019–2020- yillarda tegishli vazirlik va idoralar hamda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Jahon banki, BMTning Taraqqiyot dasturi kabi xalqaro tashkilotlar ko‘magida O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirish va bu orqali respublika ko‘rsatkichlarini xalqaro reytinglarda yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishiga doir amaliy ahamiyatga ega vazifalarni bajardi. 

Jumladan, Ochiq ma'lumotlar sohasida yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida “Open Data Tashkent 2019” ochiq ma'lumotlar bo‘yicha xalqaro konferensiya, “Open Data Week Uzbekistan 2019” ochiq ma'lumotlar haftaligi, “Open Data Day Tashkent 2020” seminari, “Open Data Uzbekistan Workshop Agenda” onlayn-tadbiri, “Dunyo va O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasining tarqalishi davrida ochiq ma'lumotlar asosida yechimlar” mavzularida konferensiya, seminarlar va boshqa tadbirlar amalga oshirildi.pressichi32200221

Hozirgi kunda, O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portalida jami 11 mingga yaqin ma'lumotlar to‘plamlari 3 tilda (o‘zbek, rus va ingliz tillarida) joylashtirilgan.

✓ “Open data Inception” tashkilotining ma'lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 70 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o‘rinni egalladi.pressichi42200221

✓Londondagi Ochiq ma'lumotlar Instituti (ODI) baholash tizimi bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb-sayti (stat.uz) eng yuqori –"Platina" (PLATINUM) darajaga erishgan.

✓ Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat kuzatuvi 2020” da “Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy olgan. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston eng yuqori ball to‘play olgan.pressichi52200221

✓ Ochiq ma'lumotlar reytingida (Open Data Inventory - ODIN) O‘zbekiston Respublikasi 63 ballni to‘pladi va reytingda 125 ta pozitsiyaga ko‘tarilib, dunyoda 44-o‘rinni, Markaziy Osiyoda esa 1-o‘rinni egalladi.

✓ O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro ochiq ma'lumotlar xartiyasiga qo‘shilgan jahondagi 23 mamlakat, Osiyoda Janubiy Koreya va Filippindan keyingi uchinchi davlat bo‘ldi.

2021- yil 1- avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portalining yangi versiyasini ishlab chiqish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

 Matbuot anjumanida amalga oshirilgan bu kabi islohotlarning natijasida davlatimizning xalqaro miqyosdagi imiji va salohiyatini nufuzli reytinglarda aks ettirilishi hamda buning natijasida xalqaro investorlar uchun ishonchli manba bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi.pressichi62200221

Matbuot anjumanida Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari OAV vakillari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

Matbuot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash