Joriy yilning 11–16- yanvar kunlari Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida sinov tariqasida multiindikator klaster kuzatuvlarida “Xaritalash va ro‘yxatga olish” ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Shu yil 12- yanvar kuni Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr institutida ro’yxatga oluvchi xarita va ro'yxat tuzuvchi mutaxassislarga xaritalash va ro’yxatga olish ishlarni qay tartibda amalga oshirish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich “Xaritalash va ro‘yxatga olish” ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

micsichi12012021

Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz BMTning bolalar  jamg'armasi UNICEFning texnik ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.micsichi12012021

Xususan, Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorligida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etib kelmoqda.micsichi312012021

Hozirda davom etayotgan mazkur o‘quv-seminarlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, xalqaro ekspertlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan tanlab olingan xarita va ro'yxat tuzish uchun mas'ul xodimlar ishtirok etmoqda.micsichi412012021

Mazkur o‘quv-seminarda xarita va ro'yxat tuzuvchi mutaxassislar Davlat statistika qo‘mitasi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi koordinatorlar, shuningdek xorijiy ekspertlar tomonidan o‘qitilmoqda.

Axborot xizmati