Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


Joriy yilning 8- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar, xususan, 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlari ijrosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi mutaxassislari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisi Begalov Bahodir Abdusalomovich 2022- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Aholini ro‘yxatga olishning uslubiy qo‘llanmalari va me’yoriy hujjatlarini tayyorlash, savolnoma loyihalarini ishlab chiqish, ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur tashkiliy rejalarni belgilash, hududlarda aholini ro‘xatga olishga tayyorgarlik ko‘rish kabi dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, seminarda statistika maʼlumotlarining shaffofligi, oshkoraligi va qulayligini oshirishni taʼminlash, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan dolzarb, sifatli va ishonchli statistikaning shakllantirilishiga koʻmaklashish kabi ishlar samaradaorligini oshirish bo‘yicha ham fikr-mulohaza almashildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan muhim masalalar muhokama qilindi.

Jahon banki koʻmagida ishlab chiqilgan “2020–2025- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” xususida ham batafsil so‘z yuritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikаsi Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo‘yicha o‘rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon Jo‘raqulovich tomonidan hududiy statistika boshqarmalarida ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga mas'ul bo‘lgan yangi bo‘limlar ish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Seminar davomida aholini ro‘yxatga olishga oid barcha me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash