Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


2020- yilning 22- iyul kuni Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning iqtisodiyot va ekologik faoliyat bo‘yicha koordinatori ofisi tomonidan “Pandemiya davrida ochiqlik va shaffoflikni oshirishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.


Vebinar qatnashchilari ochiq ma'lumotlar va raqamli vositalarning hukumat shaffofligi hamda yaxlitligini mustahkamlashdagi roli bo‘yicha fikr-mulohaza yuritdi.

Samarali boshqaruvni targ'ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish YXHTning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Davlat organlarida hisobdorlikni oshirish, korrupsiyani kamaytirish maqsadida ochiq ma’lumotlar platformalari va yaxshi boshqaruvni rag'batlantirishda raqamlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada YXHT ishtirokchi davlatlarni ochiq ma'lumotlarni taqdim etish, monitoring qilish va tahlil qilish uchun raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatini oshirishda qo‘llab-quvvatlaydi.

Tadbir davomida YXHTning davlat boshqaruvi direktori Barbara Ubaldi, Ochiq shartnoma hamkorligi dasturining katta menejeri Karolis Granitskas, Sarayevo jurnalistik tekshiruv markazi xodimi Leyla Bichakchich, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi vakili Murod Husanov favqulodda vaziyatlarda ma’lumotlarni chop etish bo‘yicha ilg‘or metodlar, milliy tajriba va ochiq ma’lumotlar bilan bog’liq muammolar yuzasidan fikr bildirdi.

 

Shuningdek, onlayn videokonferensiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Akrom Sultanov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash