Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Shu yilning 3–4-oktabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasida BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan Shveytsariyaning Jeneva shahrida tashkil etilgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq statistik ma'lumotlarni ishlab chiqaruvchi va foydalanuvchilar uchun ekspertlar forumi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasining Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A. Kadirov xizmat safari davomida iqlim o‘zgarishiga oid olgan ma'lumotlari, bilim, ko‘nikma hamda tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Forumdan kelib chiqib mavjud statistik ko‘rsatkichlarni halqaro miqiyosdagi ko‘rsatkichlarga moslashtirib borish, shu sohada bevosita ish olib boruvchi tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilishning lozimligi, xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga tayangan holda iqlim o‘zgarishiga oid ko‘rsatkichlarni joriy etish zarurligi ta'kidlandi. Taqdimot davomida mavzuga oid boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha qator masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash