Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

So‘nggi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni muhim huquqiy hujjat bo‘ldi.

Ushbu qaror ijrosini ta'minlash maqsadida statistika sohasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish borasida chora-tadbirlar belgilanib, tadbirlar tashkil etilayapti.

Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi statistika boshqarmasida korrupsiya qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Seminar ishtirokchilari korrupsiyaning oldini olishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasining uyushgan jinoyatchilikga va korrupsiyaga qarshi kurashish  bo‘limi tergovchisi J.Reymov va Qoraqalpog'iston Respublikasi Axborot-kutubxona markazi yuriskonsulti N.Berdiniyazova farmonda belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Joylarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risida fikr-mulohazalar tinglandi.

Tadbirda shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat shaffofligini oshirish borasida so‘z yuritildi.

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash