Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

2019 yil 30 aprel kuni soat 12:00da O`zbekiston Milliy matbuot markazida “Mamlakatimizning statistika salohiyatini oshirish, statistik ma`lumotlarning ochiqligini ta`minlash” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo`mitasi rahbariyati, markaziy apparat tarmoq boshqarmalari boshliqlari, Toshkent viloyat va Toshkent shahar statistika boshqarmalari xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi

Matbuot anjumanida ta`kidlanganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta`minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-4273-son qaroriga asosan, Davlat statistika qo`mitasi, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar to`plamlari ro`yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portali (data.gov.uz)da o`z vaqtida aks ettirilishi bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas`ul etib belgilandi.

 

Mazkur qarordan kelib chiqib, Ochiq ma`lumotlar puxtaligi modeli («Open Data Maturity Model») hamda boshqa xalqaro amaliyotlar asosida davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma`lumotlar sohasidagi faoliyatini baholash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish hamda natijalarni har chorakda O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`luotlar portalida e`lon qilib borish vazifasi belgilangan.

Shuningdek, hozirgi kunga kelib, mamlakatimizning statistika salohiyatini oshirish, statistik ma`lumotlarning ochiqligini ta`minlash hamda ularni O`zbekiston Respublikasi Ochiq ma`lumotlar portalida joylashtirish uchun, 65 ta vazirlik va idoralarning 200 ga yaqin xodimlaridan iborat bo`lgan Idoralararo ishchi guruh shakllantirilganligi hamda amaliy ishlar boshlaganligi to`g`risida axborot berildi.
 

Matbuot anjumani yakunida, davlat statistika organlarida amalga oshirilayotgan ishlardan ko`zlangan asosiy maqsad, O`zbekiston Respublikasida bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar va islohotlar to`g`risidagi ochiq va haqqoniy ma`lumotlarni xalqaro tashkilotlarning ma`lumotlar bazalarida hamda yetakchi xalqaro reytinglarda aks ettirilishini ta`minlash ekanligi alohida e`tirof etildi.

 

Matbuot anjumanida Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari OAV vakillari tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob berdi.

 

Axborot xizmati

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash