Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti, Statistika kafedrasi hamkorligida “O‘zbekistonda statistika tizimi faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlarni asosiy yo‘nalishlari va istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy seminarda Davlat statistika qo‘mitasining bo‘lim boshlig‘i Sardor Jo‘raev “O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasining shakllanishi”,  Yig‘ma-axborot ishlari boshqarmasi bosh mutaxassisi Jahongir Saidov  “O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari”, Narxlar statistikasi boshqarmasining Iste’mol va ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Daliev  “O‘zbekiston Respublikasida inflyasiya darajasi va uni hisoblash tartibi”, Demografik jarayonlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Dusnaev “O‘zbekistonda aholi statistikasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shakllanishi va 2022 yilda o‘tkaziladigan aholi ro‘yxatiga tayyorgarchilik ishlari” mavzularidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Tadbir davomida profsessor-o‘qituvchilar va talabalar ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash