Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmonga hamda “O`zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi qarorga imzo chekildi. Sohadagi endigi o`zgarishlar uchun asos hisoblangan mazkur me`yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati nimalardan iborat? 

Bugungi hujjatlar mohiyatini bir qaraganda, yagona jumla bilan ifodalash mumkin bo`lganda, lo`ndagina qilib: “yangi qo`mita tashkil etildi, uning vazifasi, tuzilma va shtatlar birligi tasdiqlandi”, deb qo`ya qolish mumkin bo`lardi. Va tayinki, bu gap – qabul qilingan bir emas, ikkita, yana deng, mamlakat kelajak hayotidagi muhim hujjatlar mohiyatini ochish uchun – umuman yetmasligi aniq. Gap mohiyatda. Mohiyat esa shundaki, bugun energetika, neft va gaz, kon-metallurgiya va kimyo sanoati kabi iqtisoddagi yetakchi tarmoqlarni rivojlantirish – kelajak haqida qayg`urish ham deganidir. Boshqa tomondan, aynan Prezidentning siyosiy irodasi bois, bizning yaqin istiqbolda atom energentikasiga ega bo`lishimiz aniq bo`lib qoldi. Demak, to`la xavfsizlik ta`min etilmog`i shart. Bu borada esa davlat siyosatini yuritadigan yaxlit va tegishli maqomga ega idoraga ehtiyoj tug`ildi. Lekin... Keling, shu o`rinda Farmondan ko`chirma keltiramiz.

 Unda qayd etilganidek, o`tkazilgan tahlillar va o`rganish natijalari – xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari sanoat xavfsizligini ta`minlash sohasida amalga oshirilayotgan davlat siyosati samarasizligi to`g`risida hamda bu yo`nalish bo`yicha metodologik hujjatlarni ishlab chiqish uchun yetarli e`tibor mavjud emasligidan dalolat bermoqda. 

 yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa`rini geologik o`rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish, ya`ni“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi negizida O`zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi tashkil etildi.

 Farmonda – Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg`i-energetika, kimyoviy, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiradigan qo`mitaning asosiy vazifalari ham belgilangan. Ular safiga – (2-grafika) soha bo`yicha strategik reja va dasturlarni ishlab chiqish, atom energiyasi sohasida litsenziyalash, sanoat xavfsizligini ekspertiza va akkreditatsiyadan o`tkazish tizimini takomillashtirish, mutaxassislar malakasini oshirish kabi qator boshqa vazifalar yuklatilgan.

 Farmonda yangi tashkil etiladigan qo`mita bilan bog`liq qator tashkiliy masalalar, jumladan, qo`mita vakolatlari, moliyalashtirish manbalari, qolaversa, uning rahbari o`z xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro`yxatga qo`yish to`g`risida iltimosnoma taqdim eta oladiganro`yxatga kiritilishi kabi jihatlar aks etgan. Shu kunning o`zida imzolangan yana bir muhim hujjat ham borki, bu – boshroqda nomi keltirilgan qarordir. 

 Unda yangi qo`mitaning tashkiliy tuzilmasi va shtatlar birligi, uning qaysi manzil-makonda joylashtirilishi-yu, faoliyat yuritish uchun lozim bo`ladigan shart-sharoitlar – hammasi ifodasini topgan. 

 Tashkiliy tuzilma haqida gapirarkanmiz, bitta yirik o`zgarishni alohida aytib o`tish lozim. Qo`mita tarkibida – davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan, boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 71 nafardan iborat Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti tuzilmoqda.

 Qarorda, qo`mita tarkibida – yangi departament bilan bir qatorda, 3 ta yangi tuzilma, ya`ni Angren kon-texnika inspektsiyasi, Olmaliq kon-texnika inspektsiyasi hamda Qizilqum kon-texnika inspektsiyasi tashkil etilishi belgilangan. endilikda (5-grafika)Angren kon-texnika inspektsiyasi davlat byudjeti hisobidan, Olmaliq va Qizilqum kon-texnika inspektsiyalari esa tegishli ravishda “Olmaliq KMK” va “Navoiy KMK” mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.

 Qarorda ko`rsatilganidek, yangi davlat qo`mitasining mansabdor shaxslari o`zvakolatlari doirasida:

 - qo`mita nazorati ostidagi ob`ektlarga to`sqinliksiz kirish;

 - xavfli ishlab chiqarish ob`ektlari sanoat xavfsizligi, radiatsiya va yadro xavfsizligi, shuningdek, yer qa`ridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi talablariga rioya etilishi holati ustidan nazorat qilish;

 - sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda olib borilayotgan yoki avariya sodir bo`lishiga olib kelishi mumkin bo`lgan ishlarni to`xtatib turish, shuningdek, odamlar hayoti xavf ostida qolganda yoki avariya holatlari yuzaga kelganda ularni ish joylaridan olib chiqish;

 - qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni ma`muriy javobgarlikka tortish.

 Nima bo`lganda ham maqsad ezgu. Atom elektr stantsiyasi qurish, undan xavfsiz foydalanish, deyilganda, bu borada tavakkal qilib bo`lmaydi. Shuning oldini olish maqsadida, kelajakda baribir xorijdan malakali mutaxassis jalb etmoq lozim bo`ladi. Qarorda hatto shu jihatlar ham e`tiborga olinib, tashqi ishlar vazirligiga – ekspertiza ishlarida ishtirok etadigan chet ellik mutaxassislarga konsullik va boshqa yig`imlar undirilmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirish, ichki ishlar vazirligiga – xorijlik ekspertlarning vaqtinchalik propiska va boshqa tashkiliy masalalarida ko`mak berish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga esa chet el mutaxassislariga mehnat huquqini beruvchi hujjatlar taqdim etish ko`rsatib o`tilgan. Maqsad – taraqqiyot, ammo xavfsizlik masalasi ham dolzarblikda undan qolishmaydi.

 O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

huzuridagi Axborot-tahlil multimedia 

markazi bilan hamkorlikda tayyorlandi

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash