Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mamlakatimiz aholi sonini aniq hisoblab chiqish ularning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo'yicha yagona ma'lumotlar bazasini yaratish maqsadida, davlatimiz rahbari tomonidan “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yhatga olishni o'tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g’risida” gi farmon imzolandi.

Mazkur Farmon mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lida qo'lga kiritilajak asosli va ishonchli ma'lumotlar bazasini yaratish, respublikadagi ijtimoiy vaziyatga yanada oydinlik kiritishga xizmat qiladi.

Chunki mahalliiy hamda horijiy kompaniyalarning samarali faoliyatida hududlardagi real holatni bilish, prognoz qila olish muhim omillardan sanaladi.

Mazkur xujjat bilan tasdiqlangan kontseptsiyaga asosan, O'zbekistonda 2022 yilda aholini ro'yhatga olish ishlari olib boriladi.

Kontseptsiya 8-bob, 29 banddan iborat bo'lib, uning har birida mas'ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab qo'yilgan va aholini ro'yhatga olishni o'tkazish bo'yicha vakolatli organ esa O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi hisoblanadi.

Mazkur jarayon 3 bosqichda amalga oshirilishi nazarda tutilib, aholini ro'yxatga olish  barobarida, yana bir muhim vazifani bajarish ko'zda tutilgan. Bu hududlarda xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning  ro'yhatini tuzish bilan bog’liq masala,turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o'tagan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob'ektlarini qurish hamda ta'mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo'ladi.

Bunda tumanimizning yangi, mukammal kadastr xaritasi yaratiladi deganidir. Bundan tashqari, farmonga muvofiq O'zbekiston Respbulikasida 2022 yilda aholini ro'yhatga olishni o'tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ham ta'sdiqlandi.

Mazkur Farmon bilan O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda axolini ro'yxatga olishni o'tkazishga ko'maklashish bo'yicha Respublika va joylarda hududiy komissiyalar tashkil etildi.

Xududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib hududlarda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish, o'tkazish va natijalarni e'lon qilishga doir chora-tadbirlarning o'z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta'minlash vazifasi yuklatildi.

Ro'yhatga olish jarayonida to'planadigan statistik ma'lumotlar endilikda yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi. Natijada  mahalladan ko'chasigacha, chekka qishloqu, olis ovullarigacha alohador barcha ma'lumotni o'zi aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega bo'ladi. Bu qimmatli ma'lumotlar esa bugun, ertaga va yaqin kelajak uchun zarur.

 

Navoiy shahar statistika bo’limi

         O'zbeksiton Respublikasi Prezidentining  2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi  PF-5655 sonli Farmoni yuzasidan 2019 yil 28 avgust kuni Nurota tumanida seminar yig'ilishi o'tkazildi.

Mazkur seminarda,  statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, mahallalar shtirok etdilar.

Seminarda ko'tarilgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi, tegishli korxona va tashkilotlar vakillariga kerakli tavsiyalar berildi.

 

         O'zbeksiton Respublikasi Prezidentining  2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi  PF-5655 sonli Farmoni yuzasidan 2019 yil 27 avgust kuni Navbahor tumanida seminar yig'ilishi o'tkazildi.

 

Mazkur seminarda,  statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, mahallalar ishtirok etdilar.

Seminarda ko'tarilgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi, tegishli korxona va tashkilotlar vakillariga kerakli tavsiyalar berildi.

       O'zbeksiton Respublikasi Prezidentining  2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi  PF-5655 sonli Farmoni yuzasidan 2019 yil 26 avgust kuni Uchquduq tumanida seminar yig'ilishi o'tkazildi.

Mazkur seminarda,  statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, mahallalar shtirok etdilar.

Seminarda ko'tarilgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari tinglandi, tegishli korxona va tashkilotlar vakillariga kerakli tavsiyalar berildi.

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash