Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2019 yil 7 yanvardagi  “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari  hamda maxalliy davlat  xokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishini tashkil etish chora-tadbirlari to’grisida”gi  6-son  hamda 2019 yil 29 yanvardagi  “O’zbekiston sog’lom  turmish tarzini keng targ’ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish to’g’risida”gi  65-son qarorlariga muvofiq Davlat muassasalari va jamaot xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan hamkorlikda Davlat statistika qo’mitasi tizimi xodimlari ishtirokida jismoniy tarbiya va sport o’yinlarini tashkil etgan holda sog’lom turmish tarzi tamoyillarini kuchaytirish hamda jamoaviy tadbirlarni o’tkazish asosida ishga bulgan masuliyatni yanada oshirish maqsadida, 2019 yil 27 aprel kuni Toshkent shaxrida “Davlat statistika qumitasi Kubogi 2019” mini futbol o’yinlari o’tkazildi.

 

 

2019 yil 25 aprel kuni viloyat statistika boshqarmasida o’tkazilgan “Ma’naviyat soati” o’quv darsida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida”gi PQ-3160-son qarori mazmun-mohiyatini yoritish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan viloyat hokimining tashabbusi bilan viloyatdagi korxona va tashkilot xodimlarining ma'naviy-ma'rifiy, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida viloyatda har hafta shanba kuni “Har haftada bir kitob mutolaa qilamiz” intellektual tanlovi o’tkazilmoqda.

 

Bu intellektual tanlovda viloyatdagi 47 ta korxona va tashkilotlarning
5 kishidan iborat bo’lgan jamoalari ishtirok etdi.

 

Mazkur intellektual tanlovning birinchi haftaligi joriy yilning 20 aprelida “Temur tuzuklari” asari bo’yicha o’tkazilib, ushbu haftalik natijalariga ko’ra 47 ta jamoa o’rtasida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi 2-o’rinni, shundan Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari kompleksidagi 10 ta jamoa o’rtasida 1-o’rinni egalladi.

Tanlovning keyingi mutolaasi 2019 yilning 27 aprel kuni Zahiriddin Muhamma Boburning BOBURNOMA asari asosida o’tkaziladi.

Yoshlarimizning ma'naviyatini boyitish ularni kelajakda yanada aqlli va ma'nan boy bo'lishida har bir xodim o'z xissasini qo'shmoqda. Bu an'anani davom ettirgan holda yoshlarimizning ma'naviyatli bo'lishiga o'z xissalarini qo'shish uchun Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari A.Tashnazarov va boshqarma boshlig'i o'rinbosari Sh.Mamirov ham o'zlari o'qigan maktablariga borib bilimga chanqoq yosh avlodga badiiy kitoblar jamlanmasini sovg'a qilishdi.

 

 

Xuddi shunday, shahar va tuman statistika bo'lim boshliqlari ham bu an'anani davom ettirgan holda o'zlari o'qigan maktablarga kitoblar jamlanmasini ulashishda o'z hissalarini qo'shmoqdalar

Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida ta'lim muassasalari kutubxonasi uchun turli xildagi badiiy asarlar jamlanmasini hadiya etish targ'iboti davom etmoqda.

 

Ushbu an'anaga muvofiq Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i M.Ro'ziev ham aktsiya doirasida o'zi o'qigan Qiziltepa tumanidagi 21-sonli umumta'lim maktabiga bir nechta badiiy kitoblar to'plamini sovg'a qildi.

 

Yosh avlodning ma'naviy kamoloti uchun tuhfa etilgan bu adabiyotlar 21-sonli umumta'lim maktabi jamoasi o'z minnatdorchiligini bildirdi.

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash