Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 maydagi 366-F-sonli farmoyishida belgilangan vazifalarni davlat statistika organlarida so'zsiz bajarilishini ta'minlash bo'yicha berilgan topshiriqlar, Viloyatdagi don qabul qilish korxonalarining mas'ul rahbar va xodimlari hamda tegishli tuman statistika bo'limlari ishtirokida, “Don ekinlari xaridi  to'g’risida”gi

1-don davlat statistika hisobotini tuzish, umumlashtirish, taqdim etish va haqqoniyligini ta'minlash yuzasidan joriy yilning 17 iyun kuni soat 10:00 da Viloyat statistika boshqarmasining majlislar zalida o'quv seminari o'tkaziladi.

Sizni, davlat statistika idoralari tomonidan taqdim qilinayotgan statistik ma`lumotlarning sifatidan foydalanuvchilarning qoniqish darajasini baholash bo`yicha savolnomani to`ldirishga taklif qilamiz.

Sizning javoblaringiz va takliflaringiz e`tiborga olinib, davlat statistika organlari faoliyatini takomillashtirish va taqdim etilayotgan statistik ma`lumotlarning sifatini yaxshilashda yordam beradi.

Biz bilan xamkorligingiz va mazkur ishda bizga ko`rsatgan yordamingiz uchun Sizga oldindan minnatdorchilik bildiramiz!!!

So'rovnomaga o`tish.

Axborot xizmati 

Hisobot taqdim etuvchi sub'ektlar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi PF­5574-son “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo'shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko'chirish to'g’risida”gi Farmoni munosabati bilan, davlat statistika hisobotlari shakllarini taqdim etish muddati o'zgartirildi:

     7 iyundan kechiktirmay

- 2-narx (oylik) “Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o'rtacha narxlari to'g’risida hisobot”

- 1-ruhsatnoma (oylik) “qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga berilgan ruhsatnomalar to'g’risida hisobot”

- 1-K (oylik) “Tashkilot faoliyati to'g’risida hisobot”

- 1-K shakliga ilova (savdo) (oylik) “hududiy alohida bo'linmalarga ega bo'lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to'g’risida hisobot”

- 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) “hududiy alohida bo'linmalarga ega bo'lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to'g’risida hisobot”

- 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) hududiy alohida bo'linmalarga ega bo'lgan yuridik shaxslar tomonidan ko'rsatilgan xizmatlar to'g’risida hisobot

 

          Shu bilan birga, Davlat statistika qo'mitasi serverlari kechayu kunduz ishlashini va Siz xohishingizga qarab hisobotlarni belgilangan muddatdan avval yuborishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

 

Axborot xizmati

Mamlakatimiz aholi sonini aniq hisoblab chiqish ularning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma'lumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo'yicha yagona ma'lumotlar bazasini yaratish maqsadida, davlatimiz rahbari tomonidan “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yhatga olishni o'tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g’risida” gi farmon imzolandi.

Mazkur Farmon mamlakatimiz taraqqiyoti yo'lida qo'lga kiritilajak asosli va ishonchli ma'lumotlar bazasini yaratish, respublikadagi ijtimoiy vaziyatga yanada oydinlik kiritishga xizmat qiladi.

Chunki mahalliiy hamda horijiy kompaniyalarning samarali faoliyatida hududlardagi real holatni bilish, prognoz qila olish muhim omillardan sanaladi.

Mazkur xujjat bilan tasdiqlangan kontseptsiyaga asosan, O'zbekistonda 2022 yilda aholini ro'yhatga olish ishlari olib boriladi.

Kontseptsiya 8-bob, 29 banddan iborat bo'lib, uning har birida mas'ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab qo'yilgan va aholini ro'yhatga olishni o'tkazish bo'yicha vakolatli organ esa O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi hisoblanadi.

Mazkur jarayon 3 bosqichda amalga oshirilishi nazarda tutilib, aholini ro'yxatga olish  barobarida, yana bir muhim vazifani bajarish ko'zda tutilgan. Bu hududlarda xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning  ro'yhatini tuzish bilan bog’liq masala,turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o'tagan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob'ektlarini qurish hamda ta'mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo'ladi.

Bunda viloyatimizning yangi, mukammal  kadastr xaritasi yaratiladi deganidir. Bundan tashqari, farmonga muvofiq O'zbekiston Respulikasida 2022 yilda aholini ro'yhatga olishni o'tkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ham ta'sdiqlandi.

Mazkur Farmon bilan O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda axolini ro'yxatga olishni o'tkazishga ko'maklashish bo'yicha Respublika va joylarda hududiy komissiyalar tashkil etildi.

Xududiy komissiyalarning asosiy vazifalari etib hududlarda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish, o'tkazish va natijalarni e'lon qilishga doir chora-tadbirlarning o'z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta'minlash vazifasi yuklatildi.

Ro'yhatga olish jarayonida to'planadigan statistik ma'lumotlar endilikda yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi. Natijada viloyatimizning   shahari, tumanidan tortib mahallasiyu ko'chasigacha, chekka qishloqu, olis ovullarigacha aloqador barcha ma'lumotni o'zi aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega bo'ladi. Bu qimmatli ma'lumotlar esa bugun, ertaga va yaqin kelajak uchun zarur.

Davlat Statistika qo’mitasining 2019-yil 4-yanvardagi 1-sonli buyrug’iga asosan 2019-yilning 1-may kuni Statistika boshqarmasi boshlig’i M.Ro’ziyev va Davlat Statistika qo’mitasi Ekologiya va chiqindilardan foydalanish statistikasi sho’basi mudiri D.Xodjaev ishtirokida Navoiy viloyati statistika boshqarmasi majlislar zalida “Dexqon (shaxsiy yordamchi) xo’jaliklarida tajriba tariqasida yer uchastkalari egalari tanlama kuzatuvini tashkil etish va o’tkazish” bo’yicha tuzilgan ishchi gurux a’zolari bilan o’quv seminari o’tkazildi.  

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash