Joriy yilning 17- 18- fevral kunlari viloyatimizning Karmana tumanidagi "Xoncharbog`", Qiziltepa tumanidagi "Madaniyat" mahallalarida Turmush darajasi statistikasi va uy xo`jaliklari kuzatuvlari bo`limi xodimlari ishtirokida "Uy xo'jaliklarini tanlama kuzatuvlarining mazmun, mohiyati shuningdek, ularni o'tkazishdan ko'zlangan maqsadi to'grisida" mahalla faollari hamda fuqarolari uchun seminarlar tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi aholisining turmush darajasi va farovonligini o'rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo'jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o'tkaziladi. O'z navbatida, uy xo'jaliklarida kuzatuv o'tkazish uslubiyаti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo'lib, O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o'tkaziladi.
Axborot xizmati