Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


 

2021- yilning 11- yanvar kuni Konimex tumani statistika bo`limi tomonidan  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasida 2023- yilda Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar to'g’risida tuman Mahalla fuqarolar yig`inlari vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Navoiy viloyat statistika boshqarmasi Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi boshligʻi M.Yuldasheva seminar qatnashchilariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasida 2023- yilda Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 710- sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda Aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom”ning mazmun-mohiyati hamda bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar boʻyicha batafsil tushunchalar berdi.

Shuningdek, seminar qatnashchilari Aholini ro'yxatga olish varaqalari shakllari bilan tanishtirildi va ularni to'ldirish yo'riqnomasi bo'yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

 


Seminar davomida qatnashchilarga aholini ro'yxatga olishni tashkil etish va o'tkazish jarayonlari bilan bog’liq bo'lgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

 

Axborot xizmati

 

 

 

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash