Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


 

2020 yilning 29 sentyabr kuni Nurota tuman Yangi hayot mahalla fuqarolar yig’inida Navoiy viloyat statistika boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish Kontseptsiyasini tasdiqlash to'g’risida”gi PF-5655-sonli Farmoniga muvofiq joylarda 2022 yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar muhokamasi va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar to'g’risida Nurota tumanidagi mahalla fuqarolar yig’inlari raislari va kotiblari, shunigdek korxona va tashkilotlar vakillari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminar yig’ilishni Navoiy viloyat statistika boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari U.Suyunov kirish so'zi bilan ochib, seminar qatnashchilariga aholini ro’yxarga olish tarixi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish Kontseptsiyasini tasdiqlash to'g’risida”gi PF-5655-sonli Farmoni talablarida belgilangan vazifalar tog’risida to’xtalib o’tdi.

Navoiy viloyat statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig’i M.Yuldasheva seminar qatnashchilariga o'z ma'ruzasida aholini ro'yxatga olish Respublikamizda 1989 yildan buyon ilk marotaba o'tkazilayotganligini, ro'yxatga olish mamlakatimiz uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligi, uning maqsadi, asosiy vazifalari, bosqichlari, qaysi me'yoriy-huquqiy hujjatlar asosida o'tkazilayotganligi tug’risida tushunchalar berib, barchani ushbu tadbirda faol ishtirok etib, o'ziga yuklatilgan vazifalarga mas'uliyat bilan yondoshish kerakligi haqida aytib o'tdi.

Shuningdek, U.Suyunov ro'yxatga olish jarayonida to'planadigan statistik ma'lumotlar endilikda yagona elektron axborot tizimiga kiritilishi, natijada viloyatning   har bir mahallasiyu ko'chasiga, olis ovullariga aloqador barcha ma'lumotlarni o'zida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega bo'lishi haqida to'xtalib, bu ma'lumotlar esa bugun, ertaga va yaqin kelajak uchun zarurligi to'g’risida aytib o'tdi.

Aholini ro'yxatga olish tadbiri keng qamrovli va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining diqqat markazida bo'lib turganligini inobatga olgan holda joylardagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda belgilangan vazifalarni sifatli bajarish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o'tdi.

Shuningdek, o'quv-seminar qatnashchilari Aholini ro'yxatga olish varaqalari shakllari bilan tanishtirildi va ularni to'ldirish yo'riqnomasi bo'yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida qatnashchilarga aholini ro'yxatga olishni tashkil etish va o'tkazish jarayonlari bilan bog’liq bo'lgan savollariga batafsil tushunchalar berildi.

 

Axborot xizmati

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash