Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


 

Hurmatli ustoz va murabbiylar hamda fidoiy o'qituvchilar!

Avvalo, siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ustoz degan sharafli nomni ulug’lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni 1 -oktabr  – Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.

Ushbu qutlug’ ayyomni mamlakatimizda keng nishonlar ekanmiz, birinchi navbatda qadrdon maktabimiz, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko'z oldimizda namoyon bo'ladi. Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo'lgan sizlar kabi aziz va mo'tabar ustozlar sha'niga eng go'zal so'zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Bugun yurtimizda juda ko'p xayrli ishlar bo'layotganini hammamiz ko'rib, kuzatib, bunday yaxshi kunlarning ishtirokchisi bo'lib turibmiz. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan mamlakatimiz taraqqiyotning yangi pog’onasiga ko'tarildi. Bunday ezgu sa'yi-harakatlar qatorida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ham katta tarixiy voqealar bo'lmoqda.

Hazrati Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, dunyoning bor boylik va xazinasi bilan ham ustozlarning olijanob xizmatlari haqini ado etib bo'lmaydi. Haqiqatan ham, har bir shogirdini o'z farzandidek ardoqlab, har bir shogird tarbiyasi uchun ko'z nuri, qalb qo'ri, butun borlig’ini baxsh etadigan ustozlarimiz, o'qituvchi va murabbiylarimiz tom ma'noda fidoiy kasb egalaridir.

Ustozlik maqomi juda ham oliy saodat. Statistika sohasi bo'yicha bizga saboq bergan, hayotda o'z o'rnimizni topishimizga ko'mak bergan muhtaram ustozlarimizni doimo e'zozlaymiz.

Sharafli va mas'uliyatli kasbda sobitqadam bo'lgan aziz ustozlarimizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. Doimo sog’-omon bo'ling, aziz ustozlar!

 Kamoli ehtirom ila,

 

Navoiy viloyat statistika boshqarmasi ma'muriyati

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash