Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


 

 Ma'lumki, Muhtaram yurtboshimiz tomonidan 2019 yil 5 fevralida “O'zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro'yxatga olishni o'tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g’risida”gi PF-5655-sonli Farmoni hamda O'zbekiston Respublikasining joriy yil 16- martdagi “Aholini ro'yxatga olish to'g’risida”gi qonuniga asosan 2022 yilda mamlakatimizda aholini ro'yxatga olish tadbiri amalga oshiriladi.

Aholini ro'yxatga olishning asosiy maqsadi Respublikamiz aholisining sog’ligini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash sharotlarini yaxshilash, oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda aholi tarkibining holati, yashash sharoiti, bandligi, fuqaroligi va boshqa demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlar bo'yicha batafsil statistik ma'lumotlar olishdan iboratdir.

Olinayotgan statistik ma'lumotlar sifatini yanada yaxshilash, statistika ko'rsatkichlarining to'laqonli ma'lumot bazalarini yaratish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sohalarda statistikaning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, milliy statistika tizimini takomillashtirish, davlat statistika organlarining mustahilligini ta'minlash, statistika ma'lumotlarining xolisligi va ishonchliligini oshirish maqsadida, Prezidentimizning 3- avgustda “O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g’risida”gi PQ-4796- sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga asosan, ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish maqsadida, Davlat statistika qo'mitasida Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi, hududiy statistika boshqarmalarida esa “Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish” bo'limlari tashkil etildi.

Bo'lim oldiga, avvalo, 2022 yilda o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olishning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo'yicha axborot-tushuntirish ishlarini o'tkazish, xususan viloyat va shahar, tuman ommaviy axborot vositalarida chiqishlar tashkil etilishini va tegishli ko'rgazmali tashviqot vositalarini tayyorlash vazifalari qo'yilgan.

Bugungi kunga qadar, viloyatda ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish maqsadida, viloyat “Ermulkkadastr” davlat korxonasi, “Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash” boshqarmasi bilan hamkorlikda ma'muriy-hududiy birliklar ro'yxatini va chegaralarini aniqlashtirish, shahar va qishloq aholi punktlari nomlari, ko'chalar nomlari, xonadon va uylar raqamlari mavjudligini ta'minlash bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Joylardagi mahalla fuqarolar yig’inlari bilan hamkorlikda aholining manzilli ro'yxatlari shakllantirildi.

 

Navoiy viloyat statistika boshqarmasi

Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig’i

M.Yuldasheva

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash