Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


Ma’lumki, Navoiy viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Navoiy davlat konchilik instituti bilan hamkorlikda Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika bo’limlari xodimlari uchun statistika sohasi boʻyicha videoseminarlar grafigi tasdiqlangan.

Ushbu grafikka asosan, shuningdek, 2020- yilning 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda ta’kidlab oʻtilganidek, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va statistika fanini rivojlantirish hamda tizim xodimlarining bilim va saviyasini oshirish maqsadida, 2020-  yilning 29- iyun kuni tashki etilgan vebinarda Navoiy davlat konchilik instituti “Iqtisodiyot va menedjment” kafedrasi o‘qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Nozima Mamadaliyeva hamda kafedrasi assistenti Mas’ud Oʻktamovich Xudoyberdiyev Navoiy viloyati statistika boshqarmasi hamda tuman va shahar statistika bo’limlari xodimlariga “Bazisli va zanjirsimon” mavzusida ma’ruza qildi.

 Shuningdek, boshqarmaning Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar bo‘limi boshlig‘i oʻrinbosari Poʻlatov Akmal milliy hisoblar tizimi, yalpi ichki (hududiy) mahsulotni hisoblash usullari, yalpi ichki mahsulotning oʻsish sur’atlari va deflyator indekslari, MHT-1993 va MHT-2008 oʻrtasidagi farq, kiritilgan oʻzgarishlar va yangiliklar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berdi.

Seminar davomida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

 

Axborot xizmati

 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash