Welcome to navstat   Click to listen highlighted text! Welcome to navstat Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparatida “Call centre” tashkil etilgan. Murojaat uchun telefon: (+998 71) 203-80-00

Портал

 

     Yangiliklarimizga obuna    bo'ling


Joriy yilning 30-aprel kuni Davlat statistika qo‘mitasi va hududiy boshqarmalar ishtirokida 2020-yil 1-chorak yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi masofaviy tarzda videoselektor ko‘rinishda bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan davlat statistika organlarida 2020-yilning 1-choragida statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

 

Kun tartibiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi ko‘rib chiqildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.

 

Videoselektorda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida axborot berib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, iste'mol bozorida narx kuzatuvlarini planshetlar yordamida o‘tkazish kabi masalalar yuzasidan ma'lumot berildi.

Koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan vaziyatda narx-navoning o‘zgarishlarini to‘g‘ri, to‘liq, holislik bilan kuzatish, uy xo‘jaliklari kuzatuvlari uslubiyotini takomillashtirish va amaldagi kuzatuvlarga parallel ravishda sinov tariqasida planshetlar yordamida o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha mas'ullarning axboroti tinglandi.

 

“2020–2025-yillarda Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi”ni qabul qilish va amaliyotga tadbiq etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi hamda boshqa masalalar yig‘ilish kun tartibidan o‘rin oldi.

Kengaytirilgan Hay'at yig‘ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Vazifalarini o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Axborot xizmati 

OVOZ BERISH
Ishonch telefonlarining xizmatini baholang:
 
A'lo
Yaxshi
Qoniqarli
Yomon

Моё мнение

Korrupsiyaga qarshi kurash

Tugmani bosing Tinglash