2021- yilninig 27- yanvar kunida Boshqarmaninig navbatdagi yig`ilishi oʻtkazildi. Yig`ilishda boshqarma boshlig`i o`rinbosarlari, Boshqarmaning barcha xodimlari va Navoiy shahar statsika bo`limi xodimlari ishtirok etdi va quyidagi masalalar muhokama etildi.
Shuningdek yig`ilishda Navoiy shahar statistika bo`limi faoliyati va xodimlarining ish jaroyini muhokama etildi.
Axborot xizmati
Joriy yilning 26- yanvar kuni 2023- yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.
Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Maxmudjon Ziyadullayev boshchiligida o’tkazilgan mazkur vebinarda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov, bo‘lim boshliqlari hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari bilan bir qatorda Navoiy viloyat statistika boshqarmasi va hududiy shahar, tuman bo`limlari boshliqlari ham ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kartografik materiallarning sxematik reja va xaritalarning texnik shartlarga mos ravishda tayyorlanganligini o‘rganish holati, aholi soni ko‘rsatilgan holda aholi punktlarida mavjud xonadonlar ro‘yxati bo‘yicha shakllantirilgan jadvallarning yangilanish holati, xonadon va uylarga raqamlarni o‘rnatilganligi holatlаri va aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyatini aholining keng ommasiga tushuntirish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlar muhokama etildi.
Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida nimalarga e’tibor berish lozimligi yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Ахborot xizmati
2021- yilning 25- yanvar kuni Konimex tumani statistika boʻlimi xodimlari tomonidan tashkil etigan davra suhbatida Konimex tumani Moliya boʻlimi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 710- son Qarorining maznun-mohiyati hamda bajarilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berildi.
Axborot xizmati
Joriy yilning 22- yanvar kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi “Ma`naviyat soati” o`tkazildi.
Oʻquv soatida Boshqarma boshligʻining o`rinbosari U.Suyunov, Boshqarmaning barcha xodimlari bilan bir qatorda Yoshlar ishlari agentligi Navoiy shahar boʻlimi boshligʻi Xurshid Hakimovlar ishtirok etdi.
Oʻquv soati O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021- yilning 19- yanvar kunida o`tkazilgan “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Kengash yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir”, Shuningdek, “2021- yil Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” mavzularida oʻtkazildi.
Oʻquv soati keng baxs va munazaralarga boy tarzda bo`lib oʻtdi va ishtirokchilarning berilgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Tadbir mehmoniga ishtiroki uchun jamoa nomidan alohida minnatdorchilik bildirildi.
Axborot xizmati
Joriy yilning 17-yanvar kuni Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Xatirchi tumanlarida navbatdagi narx statistikasi kuzatuvlari tashkil etildi.
Kuzatuvni Navoiy viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o`rinbosari A. Tashnazarov, Narx statistikasi boʼlimi boshligʼi S. Doniyev hamda shahar statistika bo`limi registratori X. Do`stovalar o`tkazdilar.
Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarinig kuzatuvi bevosita joyiga chiqgan holda o'tkazildi.
Kuzatuv zamonaviy texnologiya (planshet)lardan foydalangan holda sifatli tashkil etildi.
Kuzatuv davomida dislokatsion nuqtalar holati bilan tanishildi va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ishonchliligini koʼzdan kechirildi.
Axborot xizmati