navstat

 

 

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1057353
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida 8 medalni qo‘lga kiritdi

 

Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar termasi 19−28 aprel kunlari Bangkokda (Tailand) bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida sakkiz medalni qo‘lga kiritdi. Musobaqada 35 davlatdan sportchilar qatnashdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Boks federatsiyasi.

Bokschilar Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

Abdumalik Xaloqov 56 kg gacha vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritib, yoshlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi. U III o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.

Samandar Xolmurodov (52 kg gacha), Timur Merjanov (81 kg gacha), Javohir Tog‘aymurodov (91 kg gacha) va Jjamshidbek Mahmadaliyev (+91 kg) kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Mahliyo Rahimova (60 kg gacha), Jahongir Rahmonov (69 kg gacha) va Navo Tamazov (75 kg gacha) uchinchi o‘rinni egallab, bronza medallari bilan taqdirlandi.

Umumjamoa hisobida O‘zbekiston bokschilari to‘rtinchi o‘rinni (1−4−3) egalladi. Kuchi uchlik Qozog‘iston (10−4−4), Tailand (4−3−4) va Hindistonga (3−4−4) nasib etdi.

Qayd etish joizki, mazkur musobaqada O‘zbekistondan 15, Qozog‘istondan — 20, Tailanddan — 12, Hindistondan — nafar bokschi ishtirok etdi.

 

gazeta.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.