navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909318
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Toshkentda Puchon universiteti filiali ochiladi

 

Toshkentda Janubiy Koreyaning Puchon universiteti filiali ochiladi. Shu yilning yozidanoq abituriyentlarni qabul qilish boshlanadi, deya xabar qildi Maktabgacha ta’lim vazirligi (MTV) «Gazeta.uz"ga.

Puchon universitetining Toshkentdagi filialini ochish to‘g‘risidagi Bayonnoma 2 fevral kuni maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Puchon universiteti professori Li Dong Vuk tomonidan imzolandi.

Toshkent filialida bir necha fakultet, jumladan maktabgacha pedagogika va psixologiya yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatadi.

«Ta’lim nafaqat maktabgacha pedagogika va psixologiya sohasida, balki boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham olib boriladi. Birinchi talabalar o‘qishni 1 sentyabrdanoq boshlaydi», — deya ta’kidladi MTV matbuot xizmati vakili.

Professor Li Dong Vukning Toshkentga tashrifi doirasida Koreya Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimi, pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, o‘quv-metodik darsliklarni ishlab chiqish va maktabgacha ta’limda multimedia materiallaridan foydalanish tajribalari ko‘rib chiqildi.

Bugungi kunda Puchon universitetida 26 ta fakultet faoliyat ko‘rsatmoqda. OTM injeneriya, tabiat haqidagi fanlar, gumanitar fanlar (maktabgacha ta’lim fakulteti mavjud), san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini taklif qiladi, tayyorlov kurslari ham mavjud. Bundan tashqari, chet ellik talabalar uchun Koreys tili markazi ham faoliyat ko‘rsatadi.

 

 

gazeta.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.