navstat

 

 

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1057313
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Talabalarga tajriba oshirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etildi

 

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari bu imkoniyatdan birinchilardan bo‘lib foydalanish, o‘qish davomida olgan bilimlarini tajribada sinab ko‘rish, mahalliy AKT korxonalari faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Amaliyot o‘tayotgan talaba uch oy mobaynida o‘z bilim va ko‘nikmasi, yuklatilgan vazifalarni bajarishni uddalay olishini namoyon qilishi kerak. Zero, bularning barchasi uni ishga qabul qilish haqida qaror qabul qilishda hisobga olinadi. 

Universitet rektori S.Boboxo‘jayevning ta’kidlashicha, talabalarning mamlakatimizdagi ixtisoslashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi ularga o‘z ishi va axborot-texnologiyalari bozorining alohida xususiyatlarini chuqur o‘zlashtirish, hayotidagi muhim bosqichga qadam qo‘yish hamda o‘z professional faoliyatini boshlash imkonini beradi. Yurtimizdagi ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari va korxonalar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik aloqalari mamlakatimizda yuqori malakali dasturchilarning yangi avlodini tayyorlashga yo‘naltirilgan. 

Toshkent shahridagi Inha universitetining sakkiz nafar talabasi poytaxtimizdagi 2005 yildan buyon internet-loyihalar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “DataSite Technology” kompaniyasida tajriba o‘tamoqda. Bu yerda talabalar ta’lim olish bilan birga, muhim texnologik loyihalarni amalga oshirishga ham jalb qilingan. Bunda ularning har biriga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassis biriktirilgan. 

– Talabalar ishimizga tez va oson moslashishi uchun xodimlarimiz bilan til topishish, mahsulotlarimizning ishlab chiqarish spetsifikasi bilan tanishishga xizmat qiluvchi maxsus trening tashkil etildi, –deydi “DataSite Technology” kompaniyasining HR-mutaxassisi G.Qoraboyeva. – Stajirovka tugagach, har bir talabaning yutug‘i va professional sifatlari baholanadi, eng yaxshi talabalarga kompaniyamizdan ish taklif qilinadi. 

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida Prezidentimizning 2017-yil 30-iyundagi “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjatga muvofiq, mamlakatimizda ilk bor Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi tashkil etildi. Mazkur markaz axborot texnologiyalari sohasidagi xo‘jalik sub’ektlari va dasturiy mahsulot ishlab chiquvchilarni birlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, eksterritoriallik prinsipi asosida faoliyat yuritadi. Ya’ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi korxonalar, mamlakatimizning qaysi hududida joylashganidan qat’iy nazar, markaz rezidentlari bo‘lishi mumkin. Ushbu prinsip butun mamlakatimiz bo‘ylab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlar yaratdi. 

Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarining “axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash, jumladan, iqtidorli yoshlar tomonidan “start-ap” loyihalarini amalga oshirishda ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan faol ishtirok etmoqda. 

Uza.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.