navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909310
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

Rasman: Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati uchun to‘lov miqdori kamaytirildi

 

Prezident farmoniga sharh

 

Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash yo‘lida davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ulkan o‘zgarish, yangilanishlar zamirida ham ijtimoiy masala asosiy o‘rinni egallamoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 2-fevral kuni imzolangan tegishli Farmoni ham bu boradagi ezgu ishlarning mantiqiy davomidir. 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, mazkur farmondan ko‘zlangan asosiy maqsad safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatga fuqarolar tomonidan to‘lanadigan pul badallari hajmini kamaytirish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga o‘tkazilayotgan fuqarolar uchun yengillik va qulayliklar yaratishdir. 

Farmonga muvofiq, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga qabul qilingan fuqarolar tomonidan maxsus hisobraqamiga to‘lanadigan pul badali joriy yilning 5 fevralidan boshlab eng kam oylik ish haqining 20 barobari, ya’ni 3 444 800 so‘m etib belgilandi. Unga qadar safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olingan fuqarolar tomonidan to‘lanadigan pul badali eng kam oylik ish haqining 27,5 barobari, ya’ni 4 736 600 so‘mni tashkil etgan. 

Ma’lumot uchun shuni aytish lozimki, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olingan fuqarolar tomonidan 2018-yilning 5-fevraliga qadar to‘langan pul badallarining yangidan belgilangan miqdordan ortiqcha qismi qaytarib berilmaydi. 

Joriy yilning fevral-mart oylarida tuman (shahar) chaqiruv komissiyalari tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga o‘tkaziladigan chaqiruv yoshidagi fuqarolar yaratib berilgan ushbu imkoniyatdan keng foydalangan holda yangidan belgilangan tartib bo‘yicha shartnomalar imzolab, pul badallarini to‘lashlari mumkin. 

Ta’kidlash kerakki, o‘tgan davr mobaynida yoshlar ongida armiya haqida, Vatan himoyasi haqida ijobiy fikrlar shakllanishida harbiy xizmatning mazkur turi ham muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatning oylik yig‘inida yoshlarimiz Vatan oldidagi muqaddas burchini o‘tab, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikni egallab, hayot maktabida toblanyapti. Shu bois davlatimiz rahbariyati tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini yanada takomillashtirish, o‘tkazilayotgan jangovar, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarliklar tizimini yanada yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonuniga asosan 2003-yildan boshlab chaqiruv yoshidagi fuqarolar uchun harbiy xizmat turi sifatida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat joriy etilgan. 

Unga muvofiq, muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli, chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadilar. 

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat hududiy prinsip asosida oylik yig‘inlar tarzida tashkil etilgan bo‘lib, chaqiriluvchilar tomonidan maxsus hisobraqamga pul badali kiritilishini nazarda tutadi. Ushbu xizmat safiga o‘n sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha bo‘lgan chaqiriluvchilar olinadi va ular har yilgi harbiy yig‘inlarga jalb etiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yildagi 99-sonli “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinadigan fuqarolar tomonidan maxsus hisobraqamiga to‘lanadigan pul badallarining to‘lanish tartibi va shartlari Qurolli Kuchlarda harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv davrida chaqiriluvchi va Mudofaa vazirligi nomidan hududiy mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi. 

Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olingan chaqiriluvchilar tomonidan pul badallari, ularni safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olinganidan keyin bir yil mobaynida davlat-tijorat Xalq banki muassasalari orqali to‘lanadi. Tomonlarning kelishuviga ko‘ra to‘lov to‘ 
liq hajmda bir yo‘la yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin. 

 

Erkin Rahmatov, polkovnik,

Mudofaa vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i.

 

 

Uza.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.