navstat

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 909305
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

O‘zbekiston yetti davlat fuqarolari uchun vizani bekor qiladi

 

O‘zbekiston 2018 yilning 10 fevralidan 7 mamlakat: Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartibni joriy etadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonga doimiy aviaqatnovlarni amalga oshirayotgan xorijiy aviakompaniyalar havo kemalarining ekipaj a’zolari uchun ham vizasiz rejim joriy etiladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonida ko‘zda tutilgan, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Vizasiz tartib amal qilinuvchi davlatlar soni shu bilan 16 taga yetadi. Ani paytda 9 davlat: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Moldova, Rossiya, Ukraina va Qirg‘iziston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz yurish huquqi berilgan.

Farmon bilan 10 fevraldan 39 davlat (ro‘yxat — quyida) sayyohlik vizalarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartiblarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra O‘zbekistonga taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati yoki turistik vaucherni TIVga taqdim etish talabi bekor qilinib, vizani rasmiylashtirish muddati hujjatlar qabul qilingan kunni hisobga olmaganda ikki ish kunidan oshmasligi belgilandi. Shunday qilib, soddalashtirilgan viza tartibiga ega davlatlar soni 15 tadan 51 taga ko‘paydi.

Bundan tashqari, farmonda 2018 yil 1 iyuldan elektron kirish vizalarini taqdim etish tizimini joriy etish vazifasi topshirilgan.

Soddalashtirilgan viza tartibi joriy etilgan davlatlar

  1. Avstraliya
  2. Albaniya
  3. Andorra
  4. Bolgariya
  5. Bosniya av Gersegovina
  6. Vatikan
  7. Vengriya
  8. Gretsiya
  9. Daniya
  10. Hindiston
  11. Irlandiya
  12. Islandiya
  13. Kuvayt
  14. Kanada
  15. Litva
  16. Xitoy, jumladan Gonkong
  17. Lixtenshteyn
  18. Lyuksemburg
  19. Makedoniya
  20. Malta
  21. Monako
  22. Niderlandiya
  23. Yangi Zelandiya
  24. Norvegiya
  25. BAA
  26. Ummon
  27. Portugaliya
  28. Ruminiya
  29. San-Marino
  30. Saudiya Arabistoni
  31. Serbiya
  32. Slovakiya
  33. Sloveniya
  34. AQSH
  35. Finlyandiya
  36. Xorvatiya
  37. Chernogoriya
  38. Shvetsiya
  39. Estoniya

Soddalashtirilgan viza tartibi amalda bo‘lgan davlatlar

  1. Avstriya
  2. Belgiya
  3. Buyuk Britaniya
  4. Germaniya
  5. Ispaniya
  6. Italiya
  7. Latviya
  8. Malayziya*
  9. Polsha
  10. Tailand
  11. Turkiya*
  12. Fransiya
  13. Chexiya
  14. Shveysariya
  15. Yaponiya*

* vizasiz tartib joriy etilgan davlatlar

 

gazeta.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.