navstat

 

 

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1057332
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

 

 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar beradi. 

Suhbat davomida davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlik borasida mavjud ulkan salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish muhim ekanini alohida ta’kidladi. 

Turli darajalardagi muloqotlarni jadallashtirish, amaliy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, moliyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Alan Dunkan mamlakatimizda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlarga, O‘zbekistonning mintaqada xavfsizlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan faol sa’y-harakatlariga, jumladan, joriy yil mart oyida Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganiga yuksak baho berdi. 

Buyuk Britaniya davlatlarimiz o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekani qayd etildi. 

Londondagi texnik to‘xtashdan so‘ng Prezidentimiz AQSHga jo‘nab ketdi. 
 

 

uza.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.