navstat

 

 

Biz Ijtimoiy tarmoqlarda

 

Document

 

 

 

Foydali ma'lumotlar

 

Bank.uz - O'zbekiston banklari haqida hamma narsa.

    

So'rovlar

Saytimizga baho bering ?




Sayt statistikasi

  • Sayt ko'rildi: 1057335
  • Foydalanuvchilar: 3

Obuna bo'lish

Elektron pochta manzilini kiriting !

 

 

YUKLAB OLISH

Document

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti AQSHga keldi

 

AQSH poytaxtidagi “Endryus” aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini AQSH rasmiy vakillari kutib oldi. 

Bo‘lajak oliy darajadagi muloqotga ikki tomon ham katta e’tibor bilan qaramoqda. AQSH ma’muriyati O‘zbekiston Prezidenti tashrifini tarixiy voqea sifatida baholamoqda. 

Tashrifning asosiy tadbirlari 16-17 may kunlariga belgilangan. 16-may kuni Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, so‘ng kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tadi. 

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston – AQSH hamkorligining bugungi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. Vashingtonda davlatimiz rahbari, shuningdek, AQSH Kongressi, Mudofaa vazirligi va Davlat departamenti hamda Jahon bankida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. 

Rasmiy tashrif yakunida ikki mamlakat Prezidentlari “O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” deb nomlangan Qo‘shma bayonotni imzolashi, shuningdek, turli sohalarda o‘zaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan 40 dan ortiq hujjatlar to‘plami qabul qilinishi kutilmoqda. 

 

uza.uz
Bukvus
Jo‘natish uchun belgilangan matn:
Siz "Jo‘natish" tugmasi orqali xatolik haqidagi ma‘lumotni jo‘natishingiz yoki xato haqida qo‘shimcha izoh kiritishingiz mumkin.